» » Xosep Gvardiola 2011-yildan buyon Chempionlar Ligasi finaliga chiqa olmayapti

Xosep Gvardiola 2011-yildan buyon Chempionlar Ligasi finaliga chiqa olmayapti


Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Lion”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3) va musobaqa bilan xayrlashdi.

Gvardiola 2011-yildan buyon jamoasini Chempionlar Ligasi finaliga qadar olib kelolmayapti. 9 yil avval kataloniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi “Barselona” finalda “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratib (3:1), chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

2012-yilda “Barselona” yarim finalda “Chelsi” to‘sig‘idan o‘ta olmagandi (0:1, 2:2). Gvardiola 2012/13-yilgi mavsumni tanaffus sabab o‘tkazib yuborgan. Undan keyin “Bavariya” va “Manchester Siti” jamoalari ishladi.

Murabbiy myunxenliklar klubi bilan uch bor yarim finalga qadar yetib borgan va ularning barchasida yengilgan. “Manchester Siti” bilan dastlabki mavsumda 1/8 finalgacha borgan, Gvardiola so‘nggi uch mavsumdan buyon musobaqani chorak finalda yakunlamoqda.

2011-yilgi chempionlikdan tashqari, Gvardiola 2009-yilda ham “ko‘k-anorranglilar”ni musobaqa g‘olibiga aylantirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют