» » Jahon hafta ichida: Belarusdagi vaziyat, Malidagi harbiylar isyoni va zaharlangan Navalniy

Jahon hafta ichida: Belarusdagi vaziyat, Malidagi harbiylar isyoni va zaharlangan Navalniy


Anchagina asabiy tarzda otayotgan avgust oyining uchinchi haftasi ham oz yakuniga yetdi. Xosh, bu haftada dunyoda qanday voqealar yuz berdi? Daryo otgan haftaning eng muhim xabarlari sharhini etiboringizga havola etadi.

Lukashenko bosh ogrigi

Belarusda 9-avgustda otkazilgan prezidentlik saylovlaridan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari bu hafta ham toxtagani yoq. Namoyishlarning eng yirigi 16-avgust kuni otkazildi va u Ozodlik marshideb nomlandi. Bu Belarusda bolayotgan namoyishlarning eng kop odam toplangani boldi. Shu kuni Minsk kochalarida 250 mingga yaqin odam toplandi. 17-avgust kuni muxolifat lideri Svetlana Tixanovskaya navbatdagi videomurojaatida milliy yetakchi bolishga tayyorligini bildirdi.

Sizlar menga oz ovozingizni berdingiz, men buni juda qadrlayman, buni nima sababdan amalga oshirganingizni juda yaxshi bilaman. Barchamiz 26 yil oldin kirib qolgan ushbu cheksiz halqadan chiqishni istaymiz. Men mamlakat tinchlanishi, normal hayot tarziga qaytishi, barcha siyosiy mahbuslarni ozod etish va qisqa muddat ichida yangi prezidentlik saylovlari uchun qonunchilik bazasi va sharoitlarini yaratishda masuliyatni oz zimmamga olib, mazkur davrda milliy yetakchi sifatida chiqishga tayyorman, degan u oz murojaatida. Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridagi shaharlarda Belarusdagi prezidentlik saylovlarining natijalariga qarshi namoyishga chiqqan belaruslarni qollab-quvvatlash aksiyalari otkazilmoqda.

Otgan haftada Belarusning saylovlarda golib chiqqan prezident Aleksandr Lukashenko Minskdagi bir qator zavodlarga tashrif buyurdi. Jumladan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17-avgust kuni tongda Minskdagi Gildirakli shatakchilar zavodi (MZKT) ishchilari oldida chiqish qildi. Korxona xodimlari prezidentni Ket! va Qoyib yubor! deya hayqirib kutib oldi. Buni Belarus muxolifatining Nexta Live Telegramkanalidakorish mumkin. Rahmat, dedi Lukashenko, korxona ishchilari oldida ikkita harbiy shatakchining ustida turarkan. Bu savolingizga ham javob beraman: yana baqirishingiz mumkin.

Zavod xodimlari bilan muloqot vaqtida Lukashenko Belarusda hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy ozgarishlar ustida ish olib borilayotganini aytgan. Lukashenkoning takidlashicha, u prezidentlik vakolatlari bilan bolishishga tayyor, faqat bu bosim ostida va kocha orqali bolmasligi kerak. Lukashenkoning malum qilishicha, Belarusda yangi prezident saylovi otkazilmaydi. Meni oldirmaguningizgacha, yangi saylovlar bolmaydi, deya Lukashenkoning sozlaridaniqtibos keltirmoqdaTut.by.

Otgan haftada, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Belarus tomon Rossiya Milliy gvardiyasining onlab harbiy texnikalari harakatlanayotgani qayd etilgan videolar tarqaldi.Lukashenko zavodlar boylab oz obrosini tiklash bilan ovora bolib yurganda Yevropa Ittifoqi davlatlari ham jim turmadi. Yevropa parlamentining yetakchi partiyalari rahbarlari Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini otkazishga, tinch namoyishchilarga qarshi zoravonlik holatlarini tergov qilishga va siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi.

Yevroparlament deputatlari Aleksandr Lukashenkoni persona non grata deb elon qildi. Shuningdek, Kanada va IrlandiyaBelarusdagi saylov natijalarini tan olmasliklarini elon qildilar. Ortidan Yevroittifoq ham saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi.Belarusda hokimiyatni tinch yol bilan otkazishni amalga oshirish maqsadida muxolifat tomonidan tuzilgan Muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi shakllantirildi. Lukashenko esa oz navbatida ushbu kengashni tuzishni hokimiyatni egallashga bolgan urinish deb baholadi.

Bir qator diplomatlar norozilik namoyishlari ortidan istefoga chiqdi. Jumladan, Belarusning Slovakiyadagi elchisi namoyishchilarni qollab-quvvatlash maqsadida istefoga chiqqanini elon qildi.20-avgustda muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga qarshi Belarus prokuraturasi jinoiy ish ochganini elon qildi.

Kengash azolarining uch nafari tergovga chaqirildi. Ular yurist Maksim Znak, sobiq diplomat Pavel Latushko va MTZ ish tashlash qomitasi raisi Sergey Dilevskiylardir. Shuningdek, Minskdagi katta zavodlar ishchilarining ish tashlashlari kuzatildi. Hafta boshida ular ommaviy tus olgan bolsa, haftaning oxiriga kelib ancha susayib qoldi.

Uning ortidan Svetlana Tixanovskaya videomurojaat yollab, ishchilarni ish tashlashda davom etishga chaqirdi.

21-avgust kuni Svetlana Tixanovskaya Litvaga chiqib ketgan kunidan buyon ilk bor matbuot anjumani otkazdi.

Mana bu video orqali matbuot anjumanini toliq tomosha qilishingiz mumkin:

Shuningdek, Tixanovskaya hammani shoshirgan bir bayonot berdi. U agarda qayta saylovlar tashkil etilsa, nomzodini ilgari surmasligini aytib otdi.

Belarusdagi navbatdagi yirik namoyish 23-avgust kuni bolib otdi. U Yangi Belarus marshi deb nomlandi. Namoyishlarda 100 mingdan ortiq namoyishchi ishtirok etgani xabar qilindi.

Isyonkor harbiylar

Bir necha oydan buyon Malida davom etayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari harbiylar isyoni bilan davom etdi va prezidentning istefo berishigacha bordi.

Harbiylar isyoni 18-avgust kuni poytaxt Bamako yaqinida joylashgan Kati bazasidaboshlangan edi.Isyonchilar harbiy omborda saqlanayotgan qurollarni egallagan, ofitserlarni qolga olgan, shundan song Bamakoga borib, prezident qarorgohini qamalga olgan. Askarlar butun shaharni nazorat qilayotganliklarini namoyish etish maqsadida Bamako kochalari boylab erkin harakatlana boshlagan. ORTM telekanali malum muddat efirni toxtatgan, song avvaldan yozib olingan dasturlarni namoyish eta boshlagan.

Askarlarning harakatlari iyundan beri prezident istefosini talab qilayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchilari tomonidan olqishlangan namoyishchilarning fikricha, prezident Keyta korrupsiya muammosini hal qila olmagan va mamlakat xavfsizligini taminlay olmagan. Isyonni qollab-quvvatlagan M5-RFP muxolifat koalitsiyasi bu harbiy tontarish emas, balki xalq qozgoloni ekanini malum qilgan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari Mali Adliya vazirligiga tegishli binoni yoqib yuborgan.

Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta 19-avgustga otar kechasiistefoga chiqdihamda mamlakat hukumati va parlamentini tarqatib yubordi. Bu qurollangan harbiylar prezidentni bosh vazir Bubu Sisse va boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan birga qolga olganidan song yuz berdi. Mali prezidenti ORTM telekanali orqali qisqa murojaat bilan chiqish qildi (murojaat vaqtida titrda ketayotgan prezident degan yozuv korsatilgan). Keyta istefo haqidagi qaror uning prezidentlik vakolatlari yakuniga yetishiga hali uch yil bolsa-da hozirdanoq kuchga kirganini malum qildi. Men hokimiyat tepasida qolishim uchungina qon tokilishini istamayman, dedi Keyta.

Prezidentning istefosidan song isyon qatnashchilari davlat televideniyesi orqali chiqish qilgan.Ular Xalqni qutqarish milliy qomitasi tuzilganini elon qildi. Mali harbiy-havo kuchlari shtabi boshligi orinbosari Ismoil Vagening sozlariga kora, ushbu qomita millat va tarix oldida masuliyatni oz yelkasiga olishga qaror qilgan. U maqbul muddatlarda Malida saylovlar bolib otishinibildirgan.

BMT, Fransiya, AQSh va boshqa mamlakatlar Malida prezidentning qolga olinganini qoraladi.BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish, shuningdek, Afrikaning 55 ta mamlakatini birlashtiruvchi Afrika Ittifoqi Keyta va qolga olingan boshqa shaxslarni ozod etishga chaqirdi. Garbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) Malining tashkilot boshqaruv organlaridagi ishtirokini toxtatib qoydi. Shuningdek, tashkilot Mali bilan barcha chegaralarni yopishga hamda EKOVAS azo mamlakatlar va Mali ortasidagi har qanday moliyaviy operatsiyalarni toxtatib qoyishga qaror qildi.

Navalniyni zaharlashdi!

20-avgust kuni dunyo matbuot nashrlarining nigohi Rossiyaning Omsk shahriga qaratildi. Sababi shu kuni bortida Rossiya muxolifatining yetakchisi Aleksey Navalniy bolgan samolyot Omsk shahri aeroportiga favqulodda qonishni amalga oshirgan.

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning ahvoli TomskMoskva yonalishi boyicha uchayotgan reys vaqtida ogirlashib qolgan. Navalniy tez yordam mashinasida zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda uning matbuot kotibi Kira Yarmish ozining Twitterdagi sahifasi orqalimalum qildi.

Bugun ertalab Navalniy Tomskdan Moskvaga qaytayotgan edi. Parvoz vaqtida uning ahvoli ogirlashdi. Samolyot Omskka favqulodda qonishni amalga oshirdi. Alekseyda toksik zaharlanish. Hozirda u bilan shifoxonaga ketyapmiz, deb yozadi Yarmish.

Keyinroq u siyosatchining choyiga nimadir qoshib zaharlashgan bolishlari mumkinligini qoshimcha qildi. U ertalabdan beri faqatgina choy ichgandi. Shifokorlarning aytishicha, zahar issiq suyuqlik orqali tez sorilib ketgan. Hozirda Aleksey hushsiz yotibdi, deydi Yarmish. Takidlanishicha, Navalniy reanimatsiyaga joylashtirilgan.

Tayga.infomalumotlariga kora, Navalniy bir necha kundan buyon Sibir viloyatlarida bolgan. Avvaliga u Novosibirskka kelib, yangi surishtiruv ishlari uchun material toplagan, shuningdek, volontyorlar bilan uchrashgan. Shundan keyin siyosatchi Tomskka yol olgan.

Shu kuni keyinroq Aleksey Navalniy ogir ahvolda joylashtirilgan Omsk shahridagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori orinbosari Anatoliy Kalinichenko siyosatchining ahvoli togrisida malumot bergan.

Bemorning ahvoli barqaror, intensiv terapiya davom etmoqda. Kasallik tashxisi borasida oldinga siljidik. Qon, bosh miya, boshqa organ va tizimlar ishiga oid onlab natijalarni olindi. Davolash ishlari davom etmoqda, yaxshiyamki bizda bu kabi bemorlarni davolashga ixtisoslashgan markaz bor. Shifokorlar nafaqat barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, balki rostan ham uning hayotini saqlab qolish bilan shugullanyapti, degan Kalinichenko.

Dastlab qonida zahar topilgani aytilgan, keyin esa bu bayonotdan voz kechilgan hamda uning qonida zahar borligi haqidagi xabarlar rad etilgan. Bemorning yaqinlari uni Germaniyadagi shifoxonaga kochirishni talab qilgan. Biroq Aleksey Navalniy yotgan Omsk shahridagi 1-sonli kasalxona bosh shifokori siyosatchini Germaniyadagi klinikaga kochirishga ruxsat berishdan bosh tortgan.

Navalniyni boshqa kasalxonaga kochirishga qoyilgan taqiq uning hayotiga xavf tugdirmoqda. Omskdagi shifoxonada tashxis qoyilmagan va kerakli uskunalarsiz qolish hozirgi vaziyatda halokatli, deb yozadi Yarmish. U shifokorlar tomonidan qoyilgan taqiqni Navalniyning hayotiga suiqasd deb atagan. Matbuot kotibining fikricha, mazkur qarorni shifokorlar emas, balki Kreml qabul qilgan.

Keyinchalik, Navalniyning Germaniyaga kochirilishiga ruxsat berilgan. Qaror siyosatchining rafiqasi ham ishtirok etgan konsiliumda qabul qilingan. Omskdagi shifoxona bosh shifokorining orinbosari Anatoliy Kalinichenkoning sozlariga kora, shifokorlar zaharlanish tashxisini qatiy istisno qilgan.

Bizning tashxisimiz asoratlar bilan birga Navalniyning holatini tushuntiradi. Aniqlangan qandaydir preparat haqida malumotlar tarqalmoqda. Bizda bunday hujjat yoq. Peshobda va qonda aniqlanmagan. Klinik belgilar bu modda bilan zaharlanishga mos kelmaydi, deya takidlagan shifokor. Shifoxona bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiyning malum qilishicha, Navalniyning qoni va peshobida uning qolida va kiyimida topilgan kimyoviy birikmaning izlari aniqlanmagan.

22-avgust kuni bortida Navalniy bolgan tibbiy samolyot Germaniyaga uchib ketdi va bir necha soatdan song yetib bordi. U Berlindagi Charite shifoxonasiga yotqizildi. U Berlinga yetib borganda hamon koma holatida edi.

Koronaxabarlar

Nihoyat koronaxabarlarga ham yetib keldik. Otgan hafta davomida ham koronavirus butun dunyo boylab tarqalishda davom etdi. Bir qator davlatlar karantin cheklovlarini yana kuchaytirishga qaror qildi. Fransiyada kunlik kasallanishlar soni oxirgi uch oyda yana osishni boshladi.

Finlandiya 10 mamlakatdan keladigan fuqarolar uchun mamlakatga kirishni cheklashga qaror qildi. Cheklovlar Norvegiya, Daniya, Islandiya, Germaniya, Gretsiya va Malta, Irlandiya, San-Marino, Yaponiya va Kiprdan kelgan sayohatchilar uchun amal qiladi va 24-avgustdan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Finlyandiyaning Turku va Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye ortasidagi aviaqatnovlar toxtatilishi mumkin. Qayd etilishicha, koronavirusga chalinganlarning 40 nafardan ortigi ushbu reys bilan Finlyandiyaga kelgan.

Italiya va Turkiya kabi davlatlar kasallar soni ortgani sababli karantin cheklovlarini qaytadan kuchaytirishga qaror qilishgan.

Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi ilk vaksina patentlandi. Patent Xitoy xalq ozodlik armiyasining Harbiy tibbiyot fanlar akademiyasi hamda CanSino Biologics kompaniyasi nomiga berilgan. Ular birgalikda COVID-19ga qarshi kurashda foydalaniladigan rekombinant (Ad5-nCoV adenovirus vektoriga asoslangan) vaksinani yaratdi. Avval iyun oyida mazkur vaksinadanharbiy maqsadlarda foydalanishgaruxsat olingandi. Undan oldinroq martda ushbu vaksinani sinash maqsadida Xitoyda klinik testlar otkazilishiga ruxsat etilgandi.

Bugungi kunda dunyoda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 23 milliondan oshiq kishini tashkil qilmoqda. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni esa 810 mingdan oshib ketgan bolsa, undan sogayganlar soni 16 millionga yaqinlashmoqda.

Davlatlar kesimida olib qaraydigan bolsak, kasallikka chalinganlar soni boyicha dunyoda AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda kasallikni yuqtirib olganlar soni 5,8 milliondan oshiq. Undan keyingi orinda Braziliya (3,5 milliondan ortiq) va Hindiston (3 milliondan ortiq) davlatlari bormoqda.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-08-2020, 08:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -