» » PSJ bosh murabbiyi: Agar birinchi golni biz urganimizda, xuddi shu hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardik

PSJ bosh murabbiyi: Agar birinchi golni biz urganimizda, xuddi shu hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardik


PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Biz borimizni berdik va uni maydonda qoldirdik. Finalda aynan shunday o‘yinni kutgandik.

Biz natijani nazorat qila olmaymiz. Ushbu o‘yinda birinchi gol hammasini hal qilishi mumkinligi haqida o‘ylagandim. Shunday ham bo‘ldi. Ikki kuchli jamoa o‘rtasidagi o‘yinni bitta gol hal qildi. Men so‘nggi o‘yinlarimizdan faxrlanaman. Ha, mag‘lubiyatdan qayg‘udaman, lekin haddan ziyod emas.

Bizga faqat birinchi gol yetishmadi, xolos. Bizda imkoniyat bo‘ldi, lekin ular birinchi golni urdi. Ishonamanki, agar birinchi golni biz urganimizda xuddi shu hisobda (1:0) g‘alaba qozongan bo‘lardik. Biz yetarlicha sovuqqon bo‘lolmadik. Mbappe va Neymarning doim gol urishini istaymiz, lekin buni talab qilish noto‘g‘ri.

Tomas Tuxel, PSJ bosh murabbiyi

Qayd etish joiz, PSJ o‘z tarixida ilk marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют