» » Foto: Hatto Google ham hech narsa bilmaydigan Volkswagen yo‘ltanlamasi

Foto: Hatto Google ham hech narsa bilmaydigan Volkswagen yo‘ltanlamasi


CARakoom nashri hatto Google qidiruv tizimi ham hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan Volkswagen Zafra yo‘ltanlamasiga oid ayrim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu noyob yo‘ltanlamas partiyasi 1987-yili Ekvador poytaxti Kitoda ishlab chiqarilgan. Model aynan necha nusxada ishlab chiqarilgani to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Internetda yo‘ltanlamasning hatto suratlari ham deyarli mavjud emas. Quyidagi kumush rangli nusxa 2017-yili San-Antonio-de-Pichinchdagi avtoshou uchun qayta tiklangan.

To‘q sariq rangli mazkur nusxa esa avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy saytlarning biridan topilgan. Tushunarsiz qoldirilgan izohdan anglash mumkinki, modelga 1,6 litrli motor o‘rnatilgan.

Yo‘ltanlamasning orqa qismiga yaxshilab e’tibor berilsa, unga xuddi “Zaporojets”dagi kabi kichik “quloqlar” o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. Bu bekorga emas. Gap shundaki Volkswagen Zafra orqa motorli Volkswagen Beetle bazasida yaratilgan. Tabiiyki, bundan to‘liq uzatma haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas — faqat orqa.

Mavzuga doir: AQShda juda noyob uch eshikli Mercedes-Benz G500 sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют