» » Zelenskiy: Agar Lukashenkoning o‘rnida bo‘lganimda Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazgan bo‘lardim

Zelenskiy: Agar Lukashenkoning o‘rnida bo‘lganimda Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazgan bo‘lardim


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Euronews telekanaliga bergan intervyusida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘rnida bo‘lganida mamlakatdagi inqirozni hal qilish uchun yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazgan bo‘lishini aytdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Keling, tasavvur qilaylik, men o‘zimga va odamlarning tanloviga ishonaman. Men ishonchli odamman. Qanday qilib barchani tinchlantirish mumkin? Buning uchun men bir oydan keyin yangi saylovlar bo‘lishini aytaman. Istagan odam unda qatnashadi. Barchani saylovga taklif qilaman va men Belarus xalqiga marhamat, saylang, deyman.

Bunday saylov natijasidan so‘ng hech kimda savol qolmaydi. Men bunga aminman. Agar Aleksandr Grigoryevich g‘alaba qozonganida edi, u g‘olib deb tan olinardi. Agar boshqasi g‘alaba qozonsa, demak, o‘sha g‘olib chiqardi. Ammo hamma narsa qon to‘kishsiz, halollik hamda osoyishtalik bilan bo‘lar va tarixga kirar edi”, – dedi Zelenskiy intervyusida.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz Zelenskiyning yuqoridagi fikrlariga javoban Ukraina rahbariyati ko‘p yillardan buyon qo‘shnilariga maslahat berishdan ko‘ra, o‘z mamlakati ichida hal qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p muhim muammolar bilan shug‘ullanishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Mavzuga doir: Belarusda nima gap? 23-avgustning asosiy voqealari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют