» » “Bavariya” trebllar soni bo‘yicha “Barselona”ga yetib oldi

“Bavariya” trebllar soni bo‘yicha “Barselona”ga yetib oldi


“Bavariya” Chempionlar Ligasining final uchrashuvida PSJni mag‘lub etib, 2019/20-yilgi mavsumdagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Bavariya” bungacha Germaniya chempionati va mamlakat Kubogini g‘alaba qozongandi. Bu klub tarixidagi ikkinchi trebl bo‘ldi. Birinchisi 2012/13-yilgi mavsumda qayd etilgan.

Shu tariqa myunxenliklar trebllar soni bo‘yicha “Barselona”ga yetib oldi. Katalon klubi 2008/09 va 2014/15-yilgi mavsumlarda La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

Qayd etish joiz, “Bavariya” 6-marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Bungacha klub 1974, 1975, 1976, 2001 va 2013-yillarda musobaqa bosh sovriniga ega chiqqandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют