» » Toshkent hokimligi Yashnobod aholisining issiqlik ta’minoti bo‘yicha muammolarini 10 kunda hal qilishga va’da berdi

Toshkent hokimligi Yashnobod aholisining issiqlik ta’minoti bo‘yicha muammolarini 10 kunda hal qilishga va’da berdi


Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud ko‘chasi 25, 27, 8, 8A uylarda yashovchi aholining 2020-yil 19-avgust kunidagi videomurojaati yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, murojaat chiqishidan avval mazkur turar joy uylari “O‘zdonmahsulot” AJga tegishli qozonxonadagi issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan. “O‘zdonmahsulot” AJ texnologik jarayonlari ta’mirlanganligi bois ushbu uylarda issiqlik ta’minoti to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, vujudga kelgan vaziyatni hal qilish uchun Toshkent shahar hokimligi va “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan yangi issiqlik trassasini qurish va ushbu uylarni “Aviashaharcha-22” lokal qozonxonasiga ulash bo‘yicha ishlar boshlangan.

Yuqorida ko‘rsatilgan uylarning qozonxonaga ulanishi “Aviashaharcha-22” qozonxonasiga ulangan turar joylarning issiqlik ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun lokal qozonxona uskunalarining quvvatini oshirish ishlari olib borilayotgani va uzunligi 384 p/m bo‘lgan yangi issiqlik trassasi qurilayotgani ma’lum qilingan.

Shunga ko‘ra, lokal qozonxona uskunalarini rekonstruksiya qilish uchun 95 million so‘m va yangi issiqlik trassasi qurilishi uchun 1 milliard 15 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hokimlik tomonidan ishlar 24-avgust kuni boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют