» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi (video)

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlaridan vafot etgan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov qabrini ziyorat qilish chog‘ida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Prezident O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari Usmonxon Alimov va boshqa diniy ulamolardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni odamlarga tushuntirishni so‘radi.

[fbvideo link="https://t.me/toshonlayn/309" width="500" height="400" onlyvideo="1"]

“Hamma mo‘min-musulmonlarga iltimos qilishimiz kerak. O‘zini asrash-avaylash. Har bir inson o‘ziga qarasa, eson-omon o‘tib ketamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Ko‘ryapsiz-ku, JSST ikki yil deyapti (pandemiya davomiyligi — tahr). Ikki yil degani, biz o‘rganishimiz kerak shunga. Yig‘ilmaslik kerak. Tug‘ilgan kun, to‘ylar, hammasi bo‘ladi, Xudo xohlasa. Mustaqillikni ham uyda o‘tkazamiz, boshqa iloj yo‘q.

Maktablarni ochishimiz kerak. Qanday ochamiz? Nevaralarimiz bor, bolamiz bor. Qanday ularni jo‘natamiz?”, — dedi Prezident.

Davlat rahbari odamlarga bolalarini, katta yoshli yaqinlarni ehtiyot qilishi kerakligini yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 25-iyuldan beri koronavirusdan davolanayotgan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 22-avgust kuni vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Buxoro shahridagi “Hazrati Imom” qabristoniga tashrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi.

31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan edi. Koronavirusga chalingan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hozirda kasallikdan sog‘ayib, o‘z ish faoliyatini tikladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют