» » “Har bir tuman rahbari murojaat qilsa, uzoq-uzoq qishloqlarda 50-100 nafar hamshira topsa bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini ishga jalb qilish haqida gapirdi

“Har bir tuman rahbari murojaat qilsa, uzoq-uzoq qishloqlarda 50-100 nafar hamshira topsa bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini ishga jalb qilish haqida gapirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tumanlardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan hududlar rahbarlari qaror qabul qilishi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini ishga jalb qilish haqida gapirdi.

“Mening tumanimda koronavirus yo‘q, degan tuman hokimlari xato qiladi”, — dedi davlat rahbari.

Prezidentning aytishicha, har bir tuman va shahar hokimlariga o‘z hududidagi vaziyatdan kelib chiqib, viloyat hokimi bilan maslahatlashgan holda karantin cheklovlarini kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyati berildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatidagi holatga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi va mazkur hududlar rahbarlarining vaziyatni yaxshi bilmasligini ta’kidladi.

“Bu raqamlar barchamizni larzaga solishi kerak. 3 ming — 4 mingta edi, 15 mingtaga chiqdi. Toshkent shahri namuna bo‘lsa bo‘lar edi. Shuncha imkoniyat, tibbiy, ilmiy salohiyat katta bu yerda”, — dedi Prezident.

Prezident mamlakatning barcha hududlarida tibbiyot kollejlari mavjudligini ta’kidlab, mazkur muassasalarni tamomlagan hamshiralarning yordamidan foydalanish kerakligini aytdi.

“Hamma viloyatlarda tibbiyot kollejlari bor. Ularda mutaxassislar bor, hamshiralikka a’lo o‘qigan talabalar bor. Tugatganlar bor. Har bir tuman rahbari murojaat qilsa, uzoq-uzoq qishloqlarda 50-100 nafar shunday hamshirani topsa bo‘ladi. Ming afsus, o‘zimiz qilmayapmiz buni”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, davlat rahbari xorijda yurgan va O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar olib kelinishini ta’kidladi.

Davlat rahbari har uch soatda tumanlardagi va shifoxonalardagi vaziyat haqida xabar beruvchi alohida axborot tizimini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha alohida dastur yaratish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mazkur yig‘ilishda koronavirusga qarshi choralar nima sababdan yaxshi natija bermayotganini ma’lum qildi, shuningdek, koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют