» » Oshiq yigit bog‘da tanishgan qizi bilan bog‘lana olmay, u yashaydigan ko‘chadagi hamma uyga qo‘lda yozgan 100 ta xatini yopishtirib chiqdi

Oshiq yigit bog‘da tanishgan qizi bilan bog‘lana olmay, u yashaydigan ko‘chadagi hamma uyga qo‘lda yozgan 100 ta xatini yopishtirib chiqdi


Angliyaning Nottingemshir grafligining Nottingem shahrida yashovchi yigit bog‘da tanishgan qizni topish uchun qo‘lda 100 ta xat yozgan. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, psixologiya bo‘yicha ta’lim olayotgan talaba Serban Rayya bog‘da Emi ismli qiz bilan tanishadi. Rayyaning aytishicha, ular tezda til topishgan. U yangi tanishini Pik-Distrikt milliy bog‘iga uchrashuvga taklif etgan. Emi esa u bilan xayrlashishdan avval telefon raqamini qoldirgan.

Serban uyga qaytganidan so‘ng Emiga qo‘ng‘iroq qilishga urindi, ammo unga bog‘lanishga imkon bo‘lmadi. Qizni topish uchun 9 soat vaqt sarflab, qo‘lda 100 ta xat yozdi va qiz yashaydigan Kimbolton ko‘chasidagi har bir uy eshigiga yopishtirib chiqdi.

Serban qizning to‘g‘ri raqam berganiga ishonadi, faqat o‘zi uni xato yozib olgan.

“O‘tgan haftada egnimga sariq ko‘ylak va olovrang shim kiyib, bog‘ga borgan edim. Sen bilan tanishishni istadim. Men birgina xato uchrashuvimizga xalaqit berishini istamayman. Shuning uchun ham Kimbolton ko‘chasidagi har bir uyga xat yubordim”, — deb yozadi Serban va maktubning so‘ngida telefon raqamini ko‘rsatib, Emidan qo‘ng‘iroq qilishini so‘raydi.

Natijada odamlar Serbanga xat yoza boshladi. Ular talabani tushunishi hamda qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ular orasidan bir kishi “Emini topishingda omad tilayman. O‘ylaymanki, bu dadil qadam. Bu bilan kunim yaxshi o‘tishiga sababchi bo‘lding”, — deb yozdi.

Yana bir notanish odam o‘z xatida “Serban, Emini topdingmi? Bu hikoyang menga tinchlik bermayapti”, — degan.

Serbanning sa’y-harakatlariga qaramay, hanuzgacha Emidan hech qanday javob bo‘lmagan. Ammo yigit yaqin vaqtlar ichida Emini topishiga ishonadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют