» » Vilnyusdan Belarus chegarasiga qadar cho‘zilgan “Ozodlik yo‘li”. Belaruslik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Litvada 50 ming kishi jonli zanjir hosil qildi

Vilnyusdan Belarus chegarasiga qadar cho‘zilgan “Ozodlik yo‘li”. Belaruslik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Litvada 50 ming kishi jonli zanjir hosil qildi


23-avgust kuni Litva poytaxi Vilnyusda o‘n minglab insonlar Aleksandr Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan belaruslarga birdamlik ramzi sifatida Belarus chegaralariga qadar tirik zanjir hosil qildi. Bu haqda Baltic News Service xabar berdi.

“Ozodlik yo‘li” nomini olgan aksiya “Boltiq yo‘li”ning 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. 1989-yilning 23-avgust kuni Boltiq davlatlarining mustaqilligi uchun o‘tkazilgan ommaviy harakatlar vaqtida ikki millionga yaqin inson — Litva, Latviya va Estoniya aholisi — Vilnyusdan Riga orqali Tallinga qadar tirik zanjir hosil qilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23-avgust kuni 50 mingga yaqin inson Vilnyusdan Belarus chegarasidagi Myadininkay qishlog‘iga qadar 32 kilometrli tirik zanjir hosil qilgan. Aksiyada Litva prezidenti Gitanas Nauseda, mamlakat sobiq prezidentlari Valdas Adamkus va Dalya Gribauskayte, shuningdek, seym raisi Viktoras Pransketis, seym (parlament) a’zolari va merlar ishtirok etgan.

“30 yil oldin Litva zo‘ravonlik kishanlarini yechib, qardosh lat va estonlar bilan ‘Boltiq yo‘li’ga turgan va butun dunyoga ozod ekanligini, birinchi navbatda, ruhan ozodligini ma’lum qilgan. Bugun Ozodlik nomini aytish navbati belarus birodarlarimizga keldi”, — deydi Gitanas Nauseda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют