» » Uzcard kompaniyaning yangi yo‘nalishini e’lon qildi

Uzcard kompaniyaning yangi yo‘nalishini e’lon qildi


Uzcard to‘lov tizimi biznes yuritishning yangi prinsiplariga o‘tmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

“Yagona umumrespublika protsessing markazining ta’sischilar tarkibi o‘zgarganidan so‘ng biznes yuritish strategiyasi ham butkul o‘zgarib, sheriklar bilan ochiqlik, hamkorlik va maqsadlarga birgalikda erishish uchun rivojlanish tamoyillarini bayon qiladi”, — deyiladi xabarda.

YaUPM o‘z oldiga cheksiz xizmat qamrovi bilan texnologik jamiyatni birlashtirish uchun barqaror tizimni yaratish, shuningdek, sheriklar uchun qulay tarif siyosatini joriy etish maqsadini qo‘ygan.

OpenAPI, biometriya va dasturiy ta’minot texnologiyalarining joriy etilishi kompaniyaga global va ochiq moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini yaratishda yordam beradi.

“Ushbu yangi vositalar amaldagi tizimlarga bog‘liq emas, ular huquqiy normalar, shuningdek, ochiqlik prinsiplariga to‘liq mos holda iqtisodiyotni rivojlantiradi va rag‘batlantiradi”, — deyiladi xabarda.

Yangi strategiyaning bir qismi sifatida kompaniya yangilangan va foydali tariflar setkasi bo‘yicha savdo ekvayringga ulanish jarayonlari ochilganini e’lon qiladi.

“Shu orqali barcha hamkor-ishtirokchilar har qanday turdagi shaxsiy bozor qurilmalarining ekvayring infratuzilmasiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, banklarga o‘z plastik kartalarini shaxsiylashtirish imkoniyati beriladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Oybek Tursunov Uzcard’ning ustav jamg‘armasidagi 75 foiz ulush egasiga aylangani, qolgan 25 foiz ulush esa Uzcard hisobida qolgani haqida xabar berilgan edi. 8-avgust holatiga ko‘ra, kompaniyaning 51 foizi O‘zbekiston Milliy bankiga, 6 foizi “Sanoatqurilishbank”ka, 6 foizi “Asaka” bankiga, 6 foizi “Ipoteka bank”ka va yana 6 foizi “Aloqabank”ka tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют