» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Dunyo olimlari o‘pkaning yallig‘lanish darajasiga qarab bemorlarga nogironlik berishni taklif qilmoqda

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Dunyo olimlari o‘pkaning yallig‘lanish darajasiga qarab bemorlarga nogironlik berishni taklif qilmoqda


Yevropalik olimlar o‘pkadagi fibroz to‘qimaga aylangan alveolalarning foizidan kelib chiqib, insonlarga nogironlik berilishi kerakligi haqida o‘z takliflarini bermoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Sevara Ubaydullayeva “Shifobaxsh” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bemorning asl holatiga baho berish uchun koronavirusdan keyin o‘pkaning alveolalarini fibroz to‘qimalari qanchalik qoplaganini bilish muhim.

“Sababi fibroz to‘qima qoplagan alveolalar qayta tiklanmaydi, oddiy payga aylanib qoladi. Oqibatda insonning butun umrga nogiron bo‘lib qolishgacha olib kelishi mumkin. Lekin buning aniq darajasi belgilangani yo‘q. Bu hozircha dunyo olimlari tomonidan berilayotgan taklif”, — dedi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘pkaning 25-30 foiz qismigacha jarohatlanishi fibrozni bildirmaydi.

“Faqat og‘ir va o‘ta og‘ir kechuvidan qayta tiklangan o‘pkalar bor. Ana o‘shalarda to‘qimalar shunchalik yomon holatga keladi va bu fibrozga aylanib ketadi. Mana shu turdagi kasalliklarda nogironlik bo‘lishi mumkin. Hozirda o‘pkaning 60-70 foizidan ortig‘i jarohatlanganlarda a’zoning ma’lum bir qismi fibrozga aylanishi yuqori”, — dedi professor Ubaydullayeva.

Avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirus asoratlari haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, infeksiyaning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi o‘zgarishlar natijasida ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining 20-30 foizga kamayishi, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimaning yuzaga kelishi tufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkinligi, bu esa hansirash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib kelishini aytgan. Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida ham patologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют