» » Professor: “Koronavirus mutatsiyaga uchrashi natijasida kasallik o‘ta og‘ir kechishi va boshqa a’zolarni ham jarohatlashi mumkin”

Professor: “Koronavirus mutatsiyaga uchrashi natijasida kasallik o‘ta og‘ir kechishi va boshqa a’zolarni ham jarohatlashi mumkin”


Koronavirusning mutatsiyaga uchrashi kasallik jarayonining o‘ta og‘irroq kechishi va boshqa a’zolarni ham jarohatlash darajasi ortishini anglatadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Sevara Ubaydullayeva “Shifobaxsh” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Sevara Ubaydullayevaning aytishicha, kasallik hozirgi yoz mavsumida ultrabinafsha nurlari ta’sirida yengilroq darajada kechmoqda.

“Sovuq mavsumda virus o‘ta xavfli va inson organizmiga keltiradigan zarar yuqori bo‘lishi olimlar tomonidan o‘rganib chiqildi va bu o‘z tasdig‘ini topib bormoqda. Yilning sovuq davrida haqiqatdan ham juda ko‘p davlatlarda o‘lim holatlari yuqori va og‘ir kechayotgan bo‘lsa, yozgi davrda yengilroq kechayotganini hamma tan olmoqda”, — dedi mutaxassis.

Shtab a’zosining alohida ta’kidlashicha, koronavirusning mutatsiyaga uchrashi kasallik jarayonining o‘ta og‘ir kechishi va boshqa a’zolarni ham jarohatlash darajasi ortishini anglatadi.

“Yengil darajada kechayotgan o‘pka kasalliklari yanada og‘irlashishi taxmin qilinmoqda. Misol uchun, hozirgi kunda kasallikni nazorat qilib, 2-3 kunda qanday belgilar paydo bo‘lishini bilib turib, oldindan davolash imkoniyatimiz bo‘lsa, mutatsiyadan keyin bu belgilar kasallikning boshida emas, oxirida yoki o‘rin almashgan holda kelishi mumkin. Shuningdek, boshqa a’zolarni ham jarohatlash ehtimoli bor. Virus hozirgi kunda o‘pka, yurak-qon tomir kasalliklari tizimini jarohatlayotgan bo‘lsa, sekin-asta buyrak-qon tomirlariga ta’sir qilishi olimlar tomonidan aytilmoqda. Bundan ham xavflisi, boshqa a’zolarga o‘tib borishi bilan namoyon bo‘lishi ehtimoldan xoli emas”, — deya qo‘shimcha qildi Ubaydullayeva.

Avvalroq AQSh bosh infeksionisti COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi SARS-CoV-2 koronavirusi mutatsiyaga uchragan taqdirda yanada yuqumli bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют