» » “Navbahor”ning 6 futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Navbahor”ning 6 futbolchisida koronavirus aniqlandi


“Navbahor” futbolchilari va xodimlari Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida OKMKga qarshi kechadigan bahs oldidan COVID-19 ga test topshirdi.

Professional futbol Ligasining (PFL) ma’lum qilishicha, namanganliklar klubining olti nafar futbolchisi va besh nafar xodimida infeksiya borligi aniqlangan. Hozirda ular izolyatsiyaga olingan va shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Klub ixtiyoridagi qolgan futbolchilarning holati qoniqarli darajada.

OKMK — “Navbahor” uchrashuvi 25-avgust kuni 19:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, restart vaqtida o‘yinlarni o‘tkazish borasida PFL ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, agar jamoa ixtiyorida 16 nafardan kam bo‘lmagan maydondagi futbolchilar va 2 nafar darvozabon bo‘lsa, klub o‘yinga tayyor deya hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют