» » Lukashenko: “Maktablarda davlat mafkurasini qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar bo‘lmasligi kerak”

Lukashenko: “Maktablarda davlat mafkurasini qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar bo‘lmasligi kerak”


Aleksandr Lukashenko Belarus “davlat mafkurasini” qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar maktablarda ishlamasligi kerak, degan fikrda. Bu haqda “Belta” xabar bermoqda.

Uning aytishicha, Belarusda davlat maktablari, davlat ta’limi va davlat mafkurasi mavjud. “Ushbu tamoyillarga amal qilishni istaganlar, marhamat, boring, dars bering, ishlang. Xohlamaganlar esa maktabda bo‘lmasliklari kerak. Buni to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq va haqqoniy aytish kerak”, — degan Lukashenko.

Xabarda aytilishicha, avgust oyida Belarus ta’lim vazirligi o‘qituvchilarga tahdidlar bo‘layotgani va ularga bosim o‘tkazishga urinishlar haqida bir necha bor xabar qilgan (aynan nima sababdan ekanligiga aniqlik kiritilmagan).

Vazirlikning Telegram kanalida o‘qituvchilarga qilingan tazyiqning namunasi sifatida “Shkvarka News” kanalidan post ulashilgan bo‘lib, unda o‘qituvchilarga murojaat qilingan. Murojaat matni Minskdagi maktablardan birida osib qo‘yilgan. Unda o‘qituvchilar xususan, Belarusning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan “hamkasblarini zaharlamaslik”ka chaqirilgan.

Bundan tashqari, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram’da “o‘qituvchilarga qarshi qaratilgan hududiy chatlar” ochilgan. Mansabdorlarning fikricha, ushbu chatlarda “norozilik harakati faollari o‘tiribdi”, bunday chatlardan maqsad esa yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni buzishdir.

Vazirlik “ta’lim muassasalarini siyosiy janglar maydonchasiga aylantirmaslikka” chaqirgan.

Avvalroq Minsk aholisi Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini so‘rab, 23-avgust kuni yangi norozilik namoyishini o‘tkazgani xabar berilgan edi.

Mazvuga doir: Belarusda nima gap? 23-avgustning asosiy voqealari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют