» » Eslab qoling, bu kabi Chempionlar Ligasi boshqa bolmaydi. Karantinli futbol haqida

Eslab qoling, bu kabi Chempionlar Ligasi boshqa bolmaydi. Karantinli futbol haqida


Shubhasiz, pandemiya tufayli ortda qolgan mavsum oziga xos va noyob tarzda otdi. Ushbu Chempionlar Ligasini eslab qolish kerak, boisi bunaqasi boshqa bolmaydi: UEFA oziga dushman emaski, qoshimcha daromaddan voz kechsa. Shu sababli, keyingi mavsumdan boshlabpley-offoz holiga (ikki uchrashuv) qaytadi.

Mavsumni sakkiz finalchi formatida tugatish tasdiqlanganida, autsayderlarning finalga chiqish imkoniyati kopchilik tomonidan yuqori baholangandi. Leypsig, Atalanta va Lion kabi jamoalar eslab otilgandi. Qisman bolsa-da taxminlar ozini oqladi ham, biroqbaribirfinalgagrandlaryol oldi.

Xosh, COVID-19 futbolning tomoshabobligiga tasir otkazdimi? Xulosa chiqarishga shoshilmang! Taxminlarning aksariyati quyidagicha bolgandi: muxlislarsiz atmosfera yoqoladi, futbolchilar maydonda yugurish orniga yuradi, samaradorlik pasayadi va hokazo. Ammo bu yoz futbolchilar ozlari ozlariga motivatsiya berishi mumkinligini isbotlab berdi. Bu nafaqat Chempionlar Ligasi finaliga, balki dastlabki bosqichlarga ham tegishli. Togri, UEFA mavsumni oxiriga yetkazishga qaror qilganiga sabab kop millionli shartnoma majburiyatlari. Biroq futbolchilar ham agarYevromavsumtugatib qoyilmaganida, bundan xursand bolmasligi aniq edi. Ha, hamma charchagandi, biroq finalgacha yol oz qolgandi. Bu yerda birgina ikkilanish futbolchilar oz darajasida oynay oladimi degan savolda edi. Biroq songgi pallagacha intriga saqlanib turdi va bunda har bir futbolchi ozining sovringa qanchalik yaqin turganini his qilib kordi.

COVID-19 finalga tasir qildimi? Buning uchun otgan yilgi Liverpul va Tottenhem ortasidagi uchrashuvni eslashning ozi kifoya. Oshanda hatto gavjum stadion ham oyinni qizdirib bera olmagandi. Bu yili tribunalar bosh, birinchi bolim golsiz otgan bolsa ham, oldingi yilgi Chempionlar Ligasi finaliga qaraganda koproq voqealarga boy boldi. Bu yerda motivatsiya oz sozini aytdi. Bu bilan otgan yilgi finalda motivatsiya yoq edi degan fikr ilgari surilmayapti. ShunchakiNeymarbarchagaMessisizham kuchli ekanligini isbotlashni,Mbappe21 yoshida ham terma jamoa (Mbappe2018-yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bolgan), ham klub miqyosidagi eng katta ikkita yirik musobaqada golib bolishni istardi.Levandovskiboshchiligidagi Bavariya esa ozining Yevropadagi tengsiz ekanligini korsatmoqchi edi.

Myunxenliklar moslashuvchan ekanligini isbotladi. Stereotipliknuqtayinazardan, Bavariya dahshatli buldozer bolib, natijaga qiyinchilik bilan erishish nimaligini bilmaydi. Finalda ham shunday boldi. Myunxenlik futbolchilar shunchaki final bosimi bolgani uchun kop(roq) gol ura olmadi, xolos. PSJ ham xuddi yirik turnirlarning klassik finallarida bolgani kabi, qoshimcha vaqtlarda hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Shunda hakamlar borasida ham koplab savollar tugilgan bolardi xuddi pandemiyadan oldin bolgani kabi.

Futbolni 22 kishi oynaydi, yakunda esa nemislar galaba qozonadi. Ha, Bavariya tizimli futbolning natijasini korsatdi. U karantindan oldin galaba qozonayotgandi, undan keyin ham toxtamadi. Aftidan, unga hech narsa tasir qilmaydi: na koronavirus va karantin. Nima bolsa ham galaba qozonaveradi.

Ushbu Chempionlar Ligasini eslab qoling. Ha, uning golibi hech kimni ajablantirmadi, ammo jamoalarning finalgacha bolgan yoli mislsiz hodisa edi. Bunaqasi endi boshqa bolmaydi (bolishini hech kim xohlamasa ham kerak).

Bavariya esa har doim shunday bolib qolaveradi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 00:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -