» » Bali oroli xorijlik turistlar uchun 2020-yil oxirigacha yopiq bo‘ladi

Bali oroli xorijlik turistlar uchun 2020-yil oxirigacha yopiq bo‘ladi


Indoneziyadagi Bali kurort oroli koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli 2020-yil oxiriga qadar xorijlik sayyohlar uchun yopiq bo‘ladi. Bu haqda Jakarta Post xabar tarqatgan.

Avval orolning xalqaro turizm uchun 11-sentabrdan boshlab ochilishi mumkinligi taxmin qilingandi.

“Indoneziya hukumati hali ham aholiga xorijda sayohat qilishni taqiqlamoqda va bu kamida 2020-yil oxirigacha davom etadi. Mazkur siyosatga mos ravishda xorijlik sayyohlar uchun ham o‘z chegaralarimizni ocha olmaymiz. Mamlakatdagi, jumladan, Balidagi vaziyat yetarli darajada xavfsiz emas”, – deya Bali oroli gubernatori Vayan Koster so‘zlarini keltirgan nashr.

“Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, bu ishda shoshilmaslik zarur. Bali oroli turizmni qayta tiklashda omadsizlikka uchramasligi lozim, sababi bunday ssenariy Indoneziyaning imijiga salbiy ta’sir qiladi”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga doir: Tailand hukumati sayyohlar uchun 2021-yilda ham chegaralar yopiq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi

Ayni vaqtda mahalliy hokimiyat vakillari mamlakatning tub aholisini ichki turizmga jalb qilish choralarini ko‘rmoqda.

Gazetada yozilishicha, Bali oroli koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy jihatdan katta yo‘qotishlarga uchragan. Turizm sektorida band bo‘lgan kamida 2667 nafar odam ishidan ayrilgan, 73 mingdan ziyod kishi haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tiliga chiqishga majbur bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Indoneziyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinishi bilan bog‘liq holatlar soni 155 mingtadan oshgan. 6759 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasidan keyin qaysi sayohat turi turizmning eng ommaviylashgan yo‘nalishiga aylandi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют