» » Bali oroli ma’muriyati sayyohlarga soliq solmoqchi

Bali oroli ma’muriyati sayyohlarga soliq solmoqchi


Bali kurort-oroli ma’muriyati xorijiy sayyohlardan 10 dollar miqdorida soliq undirmoqchi. Bu pullar ekologik ehtiyojlar va madaniy merosni saqlab qolishga sarflanadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Ushbu qonun loyihasi 2018-dekabrda mahalliy parlamentga taqdim etilgan va tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda. Hozir esa to‘lov shakli muhokama qilinyapti. Ya’ni, soliq chiptalar narxiga qo‘shiladimi yoki sayyohlar kelgach aeroportda, dengiz portlarida bevosita o‘zi to‘laydimi, hali ma’lum emas.

“Soliq faqat xorijlik sayyohlardan undiriladi. Chunki ular bu yerga dam olgani keladi. Baliga ulardan tashqari juda ko‘p indoneziyaliklar qarindoshlarini ko‘rgani yoki ish bo‘yicha forumlarda ishtirok etish uchun keladi. Bu qonun ularga daxl qilmaydi”, — deydi Bali gubernatori Vayan Koster.

2018-yilda orolga 6 milliondan ortiq xorijlik sayyoh kelgan. Ularning aksariyati Xitoy va Avstraliyadan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют