» » Toshkent viloyatida aholi yashash joyida 150-160 km/soat tezlikda harakatlangan mototsiklchilar jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida aholi yashash joyida 150-160 km/soat tezlikda harakatlangan mototsiklchilar jarimaga tortildi


Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan o‘tuvchi 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 16-kilometrida 6-avgust kuni Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan Honda rusumli mototsikl 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 166 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha. 10-iyul kuni mazkur avtomobil yo‘lining 34-kilometrida Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan Suzuki mototsikli 147 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Ushbu mototsikl egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 3-qismiga (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi) binoan bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida jarimalar belgilanib, jarima qarorlari yashash manzillariga jo‘natilgan.

Yo‘l harakati xavfsizlig bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari va mototsikllarning xavfli harakatlari ko‘pgina harakat ishtirokchilarining e’tirozlariga sabab bo‘layotganligini inobatga olib, Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan dam olish kunlari viloyatning 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lida “Mototsikl” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni aynan shu yo‘lda o‘tkazilishining sababi dam olish kunlari ko‘plab fuqarolar tog‘li hududlarga aynan shu yo‘l orqali boradi. Mototsiklda dam olishga boruvchi ishqibozlar ham shu yo‘lda ko‘proq uchraydi.

Tadbir davomida 20 dan ortiq mototsikl to‘xtatildi. Ulardan 7 nafariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Haydovchilarning tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi sabab 5 ta mototsikl vaqtincha jarima maydoniga kiritildi. Bundan tashqari 3 ta holatda mototsikllar davlat raqam belgilarini yashirib olganligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, ushbu 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lida mototsikllarning tez harakatlanishini hisobga olib, muntazam ravishda maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar texnika vositalari ishlatilmoqda. Ushbu fotoradarlar 2020-yilning yozi boshidan buyon 65 nafar mototsiklchi tomonidan tezlikni me’yoridan oshirish holatlarini aniqlagan. Bularning barchasi aholi yashash joyida, ya’ni 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 110 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakatlanganlar hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют