» » Tramp koronavirusni vaksinasiz ham yengish mumkinligini ma’lum qildi

Tramp koronavirusni vaksinasiz ham yengish mumkinligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat koronavirusni vaksina bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar uni yengishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari qarshisida qilgan chiqishi vaqtida ma’lum qilgan.

“Bu odamlar o‘ylaganidan ko‘ra tezroq sodir bo‘ladi, vaksina bo‘lsa va hatto bo‘lmasa ham. Bu sodir bo‘lmoqda”, — deydi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uchta potensial vaksina klinik sinovlarning so‘nggi bosqichidan o‘tmoqda. “Vaksina yil oxiriga qadar tayyor bo‘lishini kutyapmiz, balki ertaroq tayyor bo‘lar”, — deydi Amerika yetakchisi.

Avgust oyining boshlarida Oq uy AQShda koronavirusga qarshi vaksina prezidentlik saylovlari boshlanguniga qadar — oktabrda tayyor bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Keyinroq The Financial Times Tramp administratsiyasi Britaniya tomonidan yaratilgan vaksinadan foydalanishni ko‘rib chiqayotganini yozgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, uning Qo‘shma Shtatlarda foydalanishiga oktabr oyida ruxsat berilishi mumkin.

Mavzuga doir: FT koronavirusga qarshi Amerika vaksinasining bir dozasi narxini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini Vladimir Putin e’lon qildi. Rossiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksina kamida 10 AQSh dollaridan sotilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga birinchi patentni berdi. Xitoy tomonidan yaratilgan vaksina 2020-yil dekabr oyi oxirlarida 144 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют