» » Tramp koronavirus vaksinasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirdi

Tramp koronavirus vaksinasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirdi


AQSh olimlari koronavirusga qarshi vaksinani joriy yil oxirigacha yaratishi mumkin, dedi Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“O‘ylashimcha, bizda vaksina yil oxirga kelib tayyor bo‘ladi. Biz bu borada faol ishlayapmiz”, — deydi prezident.

Tramp o‘z baholoviga ishonchi komilligini ta’kidlab, preparatlar sinovi o‘tkazilayotgan ko‘ngillilar duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan xavotirda emasligini aytgan. “Ular nima qilayotganlarini yaxshi bilishadi va yordam berishmoqchi”, — degan u.

AQShning koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil oxirigacha tayyor qilmoqchi ekanligi haqida aprel oyi oxirlarida Bloomberg xabar bergandi. Agentlik buning uchun farmatsevtika kompaniyalari, davlat va harbiy muassasalar kuchlari birlashtiriluvchi loyiha tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 126) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют