» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Bunyodkor”ni yutishimiz shart edi, biroq tayyor 3 ochkoni qo‘ldan chiqardik

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bunyodkor”ni yutishimiz shart edi, biroq tayyor 3 ochkoni qo‘ldan chiqardik


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Chunki o‘yinda ham, hisobda ham oldinda borayotgan edik. Lekin oxirgi 20 daqiqada e’tiborni yo‘qotdik. Ayrim o‘yinchilarimiz pozitsion xatolarga yo‘l qo‘ydi. Buning evaziga tayyor uch ochkoni qo‘ldan boy berdik. Juda alamli durang. Hozir futbolchilarimiz bilan nima yo‘qotganimizni gaplashib oldik, ular barchasini tushundi deb o‘ylayman. “Bunyodkor” bilan o‘yinda uch ochko olishimiz shart hisoblanardi. Boisi musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotgandik. Ikki jamoada ham g‘alabaga bo‘lgan xohish kuchli bo‘ldi. “Bunyodkor” ham, “Nasaf” ham g‘alaba uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdi.

E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi. Hujumga berilib ketdik. “Bunyodkor” tavakkal qilib ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tdi. Qaysidir vaziyatda futbolchilarimiz diqqatni yo‘qotdi. Balki, natija uchun o‘ynashimiz kerak edi. Futbolchilarim yana hujumga o‘tib ketaverdi va orqa chiziqda kuchlarini yo‘qotib qo‘ydi. Rejamizda hisob ushlanib turganda oxirgi daqiqalarni beshta himoyachi bilan o‘tkazmoqchi edik. Ammo bunday bo‘lmadi. 2:1 paytida G‘olib G‘aybullayev jarohat olib qoldi. Natijada yana to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik.

Hisobni saqlab qolish, o‘yin tempini tushirish borasida ko‘rsatma bermadik. Bu narsani hech qachon qilmaymiz ham. Qanchalik o‘yinni cho‘zganingiz bilan futbolchi o‘sha vaqtda tempni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu ham zararga ishlaydi. Ataylab vaqt cho‘zishni o‘ylamadik. Faqat hisobni ushlab qolish uchun beshta himoyachi bilan harakat qilishni reja qilgandik. Uchinchi markaziy himoyachini tushayotganda futbolchi jarohat olib qoldi. O‘ylagan rejamiz amalga oshmadi. Standart vaziyatda ularni foydasi tegardi. Birinchi bo‘limdan keyin futbolchilarimga raqib hujumga o‘tib ketganidan foydalanishni, orqada bo‘sh hududlar paydo bo‘lishini ta’kidladim. O‘sha maqsadda Kenjaboyevni tushirdik. Afsuski, u ham bahsga kirishib keta olmadi.

O‘yin boshidagi to‘xtalish haqidagi savol menga emas. Lekin, vaqtni cho‘zilishi futbolchilarga katta ta’sir qilmadi. Ikki jamoa ham bir hil holatda edi. Bu bahona bo‘la olmaydi.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

“Nasaf” 12-turdan keyin 20 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Lokmotiv” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют