» » “O‘g‘limning dorilari tugul, hatto yaxshi ko‘rgan yeguliklarini ham olib berishga imkonimiz yo‘q.” Bir buyragidan ajralgan Fazliddin yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“O‘g‘limning dorilari tugul, hatto yaxshi ko‘rgan yeguliklarini ham olib berishga imkonimiz yo‘q.” Bir buyragidan ajralgan Fazliddin yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


Suratdagi mana bu shirin bolakayning ismi Fazliddin. Hozir 9 yoshda. Uch yarim yildirki, Fazliddin og‘ir dard bilan kurashib keladi.

2017-yilning fevral oyida unga saraton kasalligining o‘ng tomonlama nefroblastoma turi buyrak saratoni tashxisi qo‘yilgan. 2017-yil mayda Fazliddinda o‘ng tomonlama nefrektomiya jarrohlik amaliyoti bajarilgan.

Onasining aytishicha, jarrohlik amaliyoti juda murakkab tarzda bo‘lib o‘tgan. Tananing o‘ng tomonlama buyrak qismida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiyada tanadagi o‘simtalar buyrakka yig‘ilib, uni zararlagani uchun Fazliddinning bir buyragi olib tashlangan. Bolakayning tanasiga 20 ta chok tushgan.

Fazliddin o‘tgan vaqt davomida Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasida bir necha bosqichli kimyoterapiya muolajalarini oldi. Lekin mutaxassislarning fikricha, davolanish to‘liq tugatilmagan.

“Fazliddinning shifoxonalarda kerakli muolajalarni olib, muntazam shifokorlar ko‘rigida bo‘lishiga to‘g‘ri kelyapti. Afsuski, moddiy yetishmovchilik, qolaversa, karantin sabab bolajonimning dorilari tugul, ko‘ngli tusagan yeguliklarni olib berishga ham imkonimiz yo‘q”, - deydi bolakayning onasi biz bilan suhbatda.

Shifokorlarning aytishicha, Fazliddinning sog‘ayib ketishi uchun hali imkoniyat bor. U o‘z vaqtida dori-darmonlarni qabul qilish shart. Ammo oila imkoniyatlarining cheklangani uning ota-onasini tashvishga solib qo‘ygan.

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan bemor Fazliddinni sog‘ayib ketishiga imkon qadar yordam berishlarini so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Dadasi Jamoliddin Abdurazakov nomida

“Agrobank”: 8600 0417 6962 6103

Onasi Ra’no Abdurazakova nomiga ochilgan

“Mikrokreditbank”: 8600 0504 3983 2637

“Mikrokreditbank” Humo: 9860 1301 0474 4961

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Abdurazoqova Ra’no Ro‘zimatova

AA 670 49 32

Bemor Fazliddinning onasi Ra’no opaning telefon raqami:

+998977725637



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют