» » Toshkent tumanida 99 mln so‘mlik dorilar ustiga 30 mln so‘m qo‘yib sotgan shaxslar ushlandi

Toshkent tumanida 99 mln so‘mlik dorilar ustiga 30 mln so‘m qo‘yib sotgan shaxslar ushlandi


Toshkent tumanida pandemiya sharoitida dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirib qolish maqsadida 99 million so‘mlik dorilar ustiga 30 million so‘m qo‘yib sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “L-PH.” MChJ rahbari S.X. va fuqaro X.Sh. oldindan til biriktirib, “S-PH.” MChJdan 99,6 million so‘mlik “Pleknil” va “Riboverin” dorilarini pul ko‘chirish yo‘li bilan xarid qilgan. Shu kunning o‘zida ushbu dori vositalarini xaridorga 131 million so‘mga sotayotgan vaqtida departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonalarga ogohlantirish berilgan.

Avvalroq Oqqo‘rg‘onda talab yuqori bo‘lgan dori narxini sun’iy oshirib, 30 qutisini 8,1 million so‘mga sotgan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqandda 34 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют