» » Baxtiyor Ashurmatov: Omad evaziga g‘alaba qozondik, “Andijon” kamida durangga loyiq edi

Baxtiyor Ashurmatov: Omad evaziga g‘alaba qozondik, “Andijon” kamida durangga loyiq edi


“Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Andijon”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Andijon” jamoasida butunlay kutilmagan o‘yin, kutilmagan taktik o‘zgarish va boshqacha shijoatni ko‘rdim. Biz uchun eng og‘ir uchrashuvlardan biri bo‘ldi. Derbi o‘z nomiga yarasha jangovar ruhda o‘tdi. Lekin bu bahs mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi deya olaman. O‘ylagan taktik uslublarimiz ham o‘xshamadi. G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, murabbiy sifatida o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi. “Andijon” kamida durangga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Hozir pandemiya, charchoq borligi hamma uchun tanish gaplar. Ayni damda barcha bir xil holatda deb o‘ylayman. Jamoalarda 45 nafar futbolchi ro‘yxatga olingani bois qaysidir futbolchi muammoga duch kelsa, o‘yinni qoldirmaslikka kelishgandik, ya’ni bahslar davom ettirilishidan oldin murabbiylar bu masalada o‘zaro kelishib olgan edik.

Bu narsalarni bahona qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Ochig‘ini aytaman, bu uchrashda o‘yinimiz butunlay qovushmadi. Shu sababli bu g‘alabani omadimiz kelgani bilan izohlagan bo‘lardim. Yigitlar ham oxirigacha kurashdi. Raqibimiz ham jangovar o‘yin ko‘rsatdi.

Mazkur o‘yin uchun har ikki jamoa a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. Yana shu narsani qo‘shimcha qilishim mumkin, pandemiya sabab biror jamoa muammoga duch kelsa, PFLning har qanday qaroriga rozi bo‘lamiz. Biz raqiblarning zaiflashuvidan manfaatdor emasmiz. Uch kundan keyin yana bir derbida maydonga tushamiz. “Navbahor”ga qarshi bo‘ladigan bellashuv ham oson bo‘lmaydi.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi

“Qo‘qon-1912” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Navbahor” bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: “Navbahor”ning 6 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют