» » Baxtiyor Ashurmatov: Agar penalti ishlaydigan bo‘lsak, Murod Xolmuhammedovni tushirib penaltidan keyin yana zaxiraga olishni reja qilgandik

Baxtiyor Ashurmatov: Agar penalti ishlaydigan bo‘lsak, Murod Xolmuhammedovni tushirib penaltidan keyin yana zaxiraga olishni reja qilgandik


“Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Lokomotiv” ustidan qozonilgan irodali g‘alaba (1:2) borasida gapirdi.

Gapni ochig‘i o‘yin asabiy ruhda o‘tdi. Yigitlar oxirgi daqiqaga qadar murabbiylar shtabini tahlikada ushlab turdi. Uchrashuvlar markazlashgan holatda o‘tmoqda, shunday bo‘lsada biz mehmonda to‘p tepdik. Mehmonda qo‘lga kiritilgan birinchi g‘alabamiz bilan jamoamiz rahbarlarini, futbolchilarni tabriklayman. G‘alabadan xursandman. Golga qadar omadimiz kelmadi, penaltidan unumli foydalana olmadik. Sen urmasang senga urishadi deganlaridek Temurxo‘ja Abduxoliqov yuqori saviyadagi hujumchi ekanligini isbotladi va gol urdi. Yigitlarga rahmat aytishni istardim, gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham to‘xtab qolmadi.

“Lokomotiv”da ham murabbiy almashgan, futbolchilar yangi murabbiyga o‘zlarini ko‘rsatishni istaydi. Marat Bikmayevning maydonga tushirilishi raqib o‘yinini kuchaytirdi deya olaman. Biz ham so‘nggi daqiqalarda vaziyatdan foydalanib gol urib ketdik. Olti ochkolik o‘yin bo‘ldi desam yanglishmayman. “Lokomotiv” musobaqa jadvalidagi asosiy raqobatchimiz edi.

Yettinchi o‘rinni olib Chempionlar Ligasida o‘ynash sport prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ham yettinchi o‘rinni olib Chempionlar Ligasiga chiqishni istamaymiz. O‘zimizni mehnatimiz bilan bosqichma-bosqich, halol mehnat bilan OChLga chiqmoqchimiz. Bu yil ham tarkibimiz yomon emas, ayrim masalalarda seleksiya ishlarini ko‘ngildagidek olib bora olmadik.

O‘ng qanot himoyamizni kuchaytirishni istagan edik. Biroq o‘zimiz istagan futbolchilarni ololmadik. Asadbek Sobirjonov va Javohir Sidiqovni “Paxtakor” oldinda OChL bahslari borligi sabab olib qolishni istadi. Ularning qarorini hurmat qilamiz. Biz olishni istayotgan futbolchilarni ayrimlarini o‘z jamoalari bilan shartnomalari bor yoki katta mablag‘ evaziga olib kelish mumkin. Tarkibimizdagi bor futbolchilarga ishonch bildirishga harakat qildik.

Murod Xolmuhammedovni qaydnomaga kiritdik. Agarda penalti ishlaydigan bo‘lsak, Murodni tushirib penaltidan keyin yana zaxiraga olishni reja qilgandik. Uning hozirgi holati ikki bo‘lim o‘ynashga imkon bermaydi. Bizga futbolchilarimizni sog‘lig‘i muhim. Penalti tepilayotgan vaziyatda ko‘zlarimni ham yumib oldim, biroq gol bo‘lmadi. Xolmuhammedovni jismoniy holati yaxshi bo‘lsa keyingi uchrashuvlarda tushirishga harakat qilamiz.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi

Qo‘qonliklar 11-turdan keyin 19 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Andijon” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют