» » “Qo‘qon-1912”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“Qo‘qon-1912”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi “Qo‘qon-1912” jamoasi yangi bosh murabbiyga ega bo‘ldi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Baxtiyor Ashurmatov endilikda jamoaga bosh murabbiylik qiladi. Tomonlarning shartnomaga imzo chekkanligi qayd etilgan. Biroq kelishuvning qancha muddatga tuzilganligi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” 2019-yilgi mavsumni No‘mon Hasanov qo‘l ostida boshlagandi. Biroq qonirqarsiz natijalar sabab Hasanov ishdan olindi. Ikkinchi davrani esa qo‘qonliklar Aziz To‘xtaboyev qo‘l ostida o‘tkazib, Superligada qolishga erishdi.

Baxtiyor Ashurmatov bo‘lsa, Superliganing 2019-yilgi mavsumida “Buxoro” hamda “Surxon” klublarida ishladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют