» » Yaponiya moliya vaziri blokcheynni koronavirusga qarshi kurash vositasi deb atadi

Yaponiya moliya vaziri blokcheynni koronavirusga qarshi kurash vositasi deb atadi


Blokcheyn koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning muhim vositalaridan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda Yaponiya moliya vaziri Taro Asoga tayanib, Cointelegraph xabar berdi.

“Blokcheyn yuqumli kasalliklarning keng tarqalishiga qarshi kurashda aloqalarni kuzatishda muhim qarorlardan biri bo‘lishi mumkin”, — deydi moliya vaziri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi texnologiya test natijasi ijobiy bo‘lgan barchaning ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlashi mumkin. Shuningdek, hukumat virus tarqalishi va kelajakdagi to‘lqinlarning oldini olishda aniqroq baholashlarga ega bo‘ladi.

Yaponiya moliya vazirining ta’kidlashicha, blokcheyn-hamjamiyat regulyatorlar bilan birgalikda ishlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Farmonga asosan, O‘zbekistonda blokcheyn, kriptoaktiv (raqamli aktiv) va mayning (kriptovalyuta platformalarining ishlashi uchun zaruriy tuzilmalar) texnologiyalari joriy etilishi, blokcheyn texnologiyasi davlat organlari faoliyatiga tatbiq qilinishi kerak.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda blokcheyn uchun maxsus hudud tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют