» » Ozbekiston maktablarida oquv yilini14-sentabrdanboshlash taklifi kiritildi

Ozbekiston maktablarida oquv yilini14-sentabrdanboshlash taklifi kiritildi


Ozbekistonda bu yilga oquv yilini14-sentabrdanboshlash taklifi kiritildi. Bu haqda xalq talimi vaziri Sherzod Shermatovmalum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda vazirlik 3 ta ssenariy boyichaishlamoqda. Bular ananaviy maktabni ochish, onlayn maktab orqali oqitish va ham ananaviy, ham onlayn aralash (gibrid) ssenariy.

Vazirning yozishicha, Telegram orqali deyarli 1 million foydalanuvchi qatnashgan sorovnomada 70 foiz ota-ona bola sogligidan xavotirda bolib, uyda ozi onlayn oqitishi mumkinligi, 30 foizi esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini bildirgan.

Shuning uchun aholini koproq qatlamini rozi qilishni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, yani ota-onalarning ozlariga tanlash huquqini berish eng optimal variant bolib turibdi.

Bir tomondan, internetda bazi davlatlarda maktablar ochilib, kasallik kopayishi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar ozi kuchlikasallanmasa-da, kattalarga qaraganda kuchliroq virus tashuvchisi bolishi mumkinligi haqida xabarlartarqalyapti.

Ikkinchi tomondan, bu virusdan yaqin orada qutulmasligimizni, vaksina ishlab chiqilgan taqdirda ham uni barcha xavfsizlik sinovlaridan otkazishga va ishlab chiqarib, bizga yetib kelishiga ancha vaqt ketishi ham aniq. Shunga ushbu vaqt davrida farzandlarimiz bilim olishdan orqada qolib ketmasliklari zarur.

Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qoshimcha vaqt talab etilishi kerakligi hamda oqish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish muhimligi kabi faktorlarni inobatga olgan holda ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi oquv yilini 14sentabr dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi, deydi Sherzod Shermatov.

Vazirning qayd etishicha, bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, xavfsiz hududlardagi bazi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni toliq va togri amalga oshirilishini organib chiqish ham rejalashtirilgan. Maktabga oquvchilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi olchanishi, barcha darslar bir sinf xonasida otilishi, tanaffusda sinf havosi shamollatilishi, oquvchilarga ijtimoiy masofani saqlashni tushuntirish kabi qator talablar ishlab chiqilib, joylardagi barcha maktablarda ijrosini taminlanish choralari korilish kerakligi malum qilingan.

Bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan sorovnomalar otkazilmoqda. Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, ushbu sorovnomada faol qatnashing! Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aynan sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib oqiydimi yoki uydan onlayn oqiydimi, degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu sorovnomalar barcha maktablar kesimida aniq, obyektiv holat boyicha malumotni yigishga imkon beradi.

Maktablar qayta ochilishi, talimni aralash korinishda tashkil etish, albatta, maktab jamoasiga qoshimcha masuliyat va vazifalar yuklaydi. Shuning uchun ushbu jarayonlarda hurmatli ota-onalarimizdan pedagoglar mehnatini ham qadrlashlarini sorab qolamiz!, deydi xalq talimi vaziri.

Avvalroq 24-avgust kunibosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq talimi tizimiga doir videoselektorda Ozbekistonda 7-sentabrdan epidemiologik vaziyat yaxshi bolgan ayrim hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochilishi, 14-sentabrdan esa barcha hududlardagi maktablar faoliyatiga ruxsat berilishi haqida malum qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 12:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
:
-
:
20 ... -