» » Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktablarning ochilish sanalari haqidagi xabarlarni rad etdi

Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktablarning ochilish sanalari haqidagi xabarlarni rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarning qachon ochilishi ma’lum bo‘lgani haqida turli xabarlar tarqatilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabarlar asossiz ekanini, yakuniy xulosa maxsus komissiya tomonidan chiqarilishi yana bir bor ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarning birida “1—4 va 11-sinflar 2-sentabrdan, 3—7 va 9-sinflar 20-oktabrdan, 5—8 va 10-sinflar 5-noyabrdan maktabga borishi” haqida aytilgan bo‘lsa, yana birida “10-sentabrgacha maktablar ochilishiga ko‘rsatma berilgani” haqida aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova yuqoridagi xabarlarni rad etgan.

“Maktablar qachon ochilishi haqida yakuniy qaror maxsus komissiya tomonidan chiqariladi. Komissiya qarori yaqin orada chiqishi kerak. Vazirlik ham maktablar qachon ochilishidan xabardor emas. Lekin o‘quv yilini boshlash bo‘yicha hozir 3 ta ssenariy ustida ish olib borilmoqda”, – dedi vazirlik rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yili uchun 3 ta ssenariy ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.

Vazirlik e’lon qilgan 1-ssenariyga ko‘rapandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda;

2-ssenariyga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin;

3-ssenariy gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют