» » O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi


So‘x tumanida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan va ommaviy tartibsizliklar yuz bergandi. Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in yuz bergan.

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikast yetkazilgan.

Mazkur holat bo‘yicha 1-iyunda Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219 va 244-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют