» » Surxondaryoda portlab ketgan “Jiguli” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Surxondaryoda portlab ketgan “Jiguli” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqda “Boysunda avtomashina portlab ketdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. IIV YHXBB matbuot xizmati tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea 12-avgust kuni soat 19:05 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanining “Inkabod” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-105 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida yuz bergan. 1981-yilda tug‘ilgan haydovchi U.X. “Jiguli” (“Vaz-2107”) avtomobiliga 6 ta propan gaz to‘ldirilgan ballonlarni ortib, Denov—Boysun yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Avtomashina salonida sigaret tutashish maqsadida olov yoqqan vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomashinani to‘xtatib, old o‘rindiqda o‘tirgan o‘g‘li 2011-yilda tug‘ilgan D.I.ni kuyish tan jarohatlari bilan salon ichidan olib chiqqan. Transport vositasi yong‘in oqibatida to‘liq zararlangan.

Jabrlangan 9 yoshli bola 30-35 foiz kuyish tan jarohatlari bilan tuman shoshilinch tez tibbiy bo‘limiga yotqizilgan. Tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay, 14-avgust kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Boysun tuman FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют