» » 2020-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini topshirish uchun tashkillashtirilgan petitsiyani qariyb 150 ming kishi imzoladi

2020-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini topshirish uchun tashkillashtirilgan petitsiyani qariyb 150 ming kishi imzoladi


“Change.org” saytida France Football o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishiga va 2020-yilgi “Oltin to‘p” marosimini o‘tkazishga undaydigan petitsiya e’lon qilindi.

“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile mashhur nomlarni ortda qoldirib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi. Tarkibida Sadio Mane, Muhammad Saloh, Trent Aleksander-Arnold va Virjil van Deyk bo‘lgan “Liverpul” 30 yildan keyin ilk bor Premyer Ligada chempion bo‘ldi, Neymar ajoyib mavsum o‘tkazdi, PSJ esa birinchi Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. 30 yoshdan oshgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘zlarining statistikasini yangiladi va qator rekordlar o‘rnatdi. Va albatta, Robert Levandovski tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Bavariya” trebl qayd etdi. Ushbu o‘yinchilar og‘ir paytlarda insonlarga quvonch bag‘ishlagani uchun mukofotlanishga loyiqdir.

Petitsiya matni

Qayd etish joiz, mazkur petitsiya e’lon qilinganiga hali bir sutka bo‘lmasidan, 147 mingdan ortiq odam tomonidan ma’qullandi. Petitsiya muallifi deya Bleacher Report nashri ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida koronavirus tufayli 2020-yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan mukofot bermasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda mazkur sovrinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют