» » “Qora niyat”dagi Yildiz — Eda Eje haqida nimalarni bilamiz?

“Qora niyat”dagi Yildiz — Eda Eje haqida nimalarni bilamiz?


O‘zbek teletomoshabinlariga “Qora niyat” turk serialidagi Yildiz Yilmaz roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Eda Eje haqida ma’lumotlar bila bo‘lishamiz.

Yoshligi

To‘liq ismi Eda Eje Uzunaliog‘lu bo‘lgan turk aktrisasi 1990-yil 20-iyunda Istanbulda dunyoga kelgan. Eda oliy ma’lumotli oilaning farzandi. Uning ikki opasi bor, ulardan biri Edadan 9 yosh, ikkinchisi esa 7 yosh katta. Opalari yurist va jurnalistlik kasbini tanlagan. Bo‘lajak aktrisa bolaligida baletga qatnagan, pianino chalishga qiziqqan va xorijiy tillarni o‘rgangan.

Lekin teatrga bo‘lgan qiziqishi boshqacha bo‘lgan. Maktab teatrida rol ijro qilganini ko‘rgan Tyumay Ozokur unga “Hayot fani” filmida rol berishga qaror qilgan. Onasi uni suratga olish maydonchasiga yetaklab borganida Eje 13 yoshda bo‘lgan. Lekin ma’lum vaqtdan keyin onasi qizini boshqa suratga tushmasligini ma’lum qilgan. Shundan keyin u maktabni tamomlab, Istanbuldagi Bilgi universitetining psixologiya fakultetiga qabul qilingan.

American Hastanesi xususiy shifoxonasida tajriba muddatini o‘tash davomida Eje psixologiya va san’at o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor ekanini tushunib yetadi. Shundan keyin universitetda san’at tarixi yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi. Aktrisa ingliz va nemis tillarida bemalol gaplasha oladi.

Karyerasi

Gani Mujde kastingida ishtirok etib “Yomon yettilik” serialida rol ijro qilishga muvaffaq bo‘ladi va shu bilan aktrisalik faoliyatini boshlaydi. 2013-yilda Zeynep Saldiran va Burku Birisiklar bilan “Meni shunday sev” serialida suratga tushadi. Shuningdek, shu yilning o‘zida “Qizim uchun” filmida ham Yetkin Dikinchiler bilan birga rol ijro qiladi. 2015-yilda “Oilaviy Ahvol: aralash”, 2016-yilda “Qaynisingil” filmida ishtirok etadi.

Ammo Talat Bulut, Shevval Sem, Kivan Kasabali va boshqalar bilan birga suratga tushgan “Qora niyat” filmidagi roli unga mashhurlik olib kelgan. Ushbu filmning suratga olish jarayonida ko‘ngilsiz voqea yuz bergan va bu aktyorlar munosabatiga ta’sir qilmay qolmagan. Aktyor Talat Bulat liboschi qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblangan. Sud dalillar yetarli bo‘lmagani sabab aktyorni aybsiz deb e’lon qilishiga qaramay Eda qizning yonini olgan va hamkasbiga qarshi chiqqan.

Shaxsiy hayot

Turk sariq matbuotining yozishiga qaraganda, Eda prodyusser Nejati Akpinar bilan munosabatda bo‘lgan. O‘zidan 28 yosh katta inson bilan uchrashib yurishi uzoq vaqt OAV uchun mavzu bo‘lgan. Bugungi kunda esa aktrisa Buxraxan Tunser bilan munosabati yaxshi, degan mish-mishlar ham yo‘q emas.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют