» » O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovar va xizmatlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi

O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovar va xizmatlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga muvofiq, 1-noyabrdan:

Qaror bilan 2021-yil 1-yanvardan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning alohida tartiblari bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, 1-noyabrga qadar cooperation.uz portalida respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning texnik ko‘rsatkichlari 10 ta raqamli TIF TN kodi va ishlab chiqaruvchilarga bog‘lanish ma’lumotlari bilan birgalikda joylashtiriladi.

Mazkur qaror bilan 2021-yil 1-yanvardan xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish uchun” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro, mintaqalararo va xorijiy standartlarni ularning asl tilidagi mahsulotga talablarni o‘zgartirmasdan xuddi shunday ko‘rinishda qabul qilish orqali 1995-yilgacha tasdiqlangan 5 236 ta standartlar “tartibga soluvchi gilotina” usulida bekor qilinadi.

Shu bilan birga, 1-yanvargacha davlat investitsiyalarini boshqarishni baholashning umum qabul qilingan tamoyillari (PIMA) asosida markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni to‘liq va uzluksiz monitoring qilish tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (yangi tahrirda) ishlab chiqilishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют