» » O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova vafot etdi


O‘zbek teatr va kino muxlislarining sevimli aktrisalaridan biri O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni 73 yoshida vafot etdi.

Dilbar Ikromova 1947-yilning 17-iyulida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug‘ilgan. U 1970-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. O‘sha yilda sobiq Xamza, hozirgi o‘zbek milliy akademik drama teatriga ishga kirgan. “Oy tutilgan tunda” (M. Karim) spektaklidagi Zubarjat aktrisaning sahnada yaratgan ilk obrazidir.

Dilbar Ikromova Ozoda (“Imon”), Dilorom (“Oltin devor”), Feokla Ivanovna (“Uylanish”), Roller (“Qaroqchilar”), Momo (“Chimildiq”) kabi rollari bilan shuhrat qozongan.

Aktrisa “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chayongul”, “Sharif va Ma’rif”, “Chimildiq” kabi badiiy filmlarda ham esda qolarli obrazlarni yaratgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют