» » Adliya vazirligi: Endilikda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar ham dorixona ochishi mumkin

Adliya vazirligi: Endilikda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar ham dorixona ochishi mumkin


O‘zbekistonda tibbiy oliy ta’lim muassasalarini tugatgan shaxslarga dorixona ochishlariga ruxsat berildi. Bu haqda 25-avgust, seshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Javohir Qullizoda ma’lum qildi.

Anjumanda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan tushuntirish berildi.

Javohir Qullizodaning aytishicha, bugungi kunda faqat oliy farmatsevt ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislargagina dorixona mudiri sifatida ishlashiga ruxsat etilgan edi.

“Endilikda qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar ham dorixona mudiri sifatida ishlashlari mumkin. Bu tibbiy oliy ta’lim muassasalarini tugatgan shaxslar dorixona ochishlari mumkin degani”, — dedi mutaxassis.

Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

Farmonga ko‘ra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют