» » Ozodbek Nazarbekov Dilbar Ikromovaning koronavirus oqibatida vafot etganini ma’lum qildi

Ozodbek Nazarbekov Dilbar Ikromovaning koronavirus oqibatida vafot etganini ma’lum qildi


O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 25-avgust, seshanba kuni vafot etgan taniqli aktrisa Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Insoniyat yaralibdiki, shodligu qayg‘uni yengib o‘tishga majbur. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasidagi ko‘tarinkilik o‘rnini yana qayg‘u egalladi. San’atimizning yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova mash’um koronavirus kasalligidan vafot etdi. Bir oy davomida og‘ir dard bilan kurashgan, hayotdan umidini uzmagan matonatli ayol shifokorlarning astoydil harakatlariga qaramay yorug‘ olam bilan vidolashdi.

73 yoshli yoshli Dilbar Ikromova kino va teatr aktrisasi sifatida barakali ijod qildi. Uning hayotida, ijodiy faoliyatida katta voqea bo‘lgan ‘Kelinlar qo‘zg‘oloni’dagi Sotti obrazi muxlislar qalbidan chuqur joy olgan edi. ‘Chimildiq’ spektakli va badiiy filmidagi momo obrazi esa ijodining cho‘qqisi bo‘ldi deyish mumkin. ‘O‘zbekcha raqs’dagi qaynona-ona obrazi bilan esa barcha onaxonlar, xotin-qizlar ehtiromiga sazovor bo‘ldi. Dilbar Ikromova o‘ziga topshirilgan rollarni butun vujudi bilan ijro etadigan otashin qalbli san’atkor edi.

Aktrisaning 40 dan ortiq filmlardagi, qator-qator sahna asarlaridagi rollari xalqimiz sevib tomosha qiladigan obrazlarga aylangan edi. Tinib-tinchimas ijodkorning hali o‘ynalmagan rollari ham ko‘p edi. Sevimli aktrisamiz endi ana shu elimiz yoqtirgan, ardoqlagan ijodida, rollarida mangu yashaydi.

O‘zbekiston madaniyat vazirligi yetuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri

Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha xabar bermadi. “Daryo” hisobiga ko‘ra, Dilbar Ikromova O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etgan 294-bemor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют