» » Superliga. “Qizilqum” va “So‘g‘diyona” jamoalari bahsida kuchlar teng keldi

Superliga. “Qizilqum” va “So‘g‘diyona” jamoalari bahsida kuchlar teng keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 12-turida “Qizilqum” 25-avgust, seshanba kuni “So‘g‘diyona” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 30-daqiqada Ibrohim Tomiva navoiyliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga “So‘g‘diyona” futbolchilari ikkinchi bo‘lim debyutida Marko Kolakovichning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa yo‘lini tanladi.

“Qizilqum” restartdan keyingi ketma-ket ikki g‘alabadan keyin durangga imzo chekdi va ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda 11-o‘ringa ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” (13) esa 9-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahsi

25-avgust, seshanba

Gollar: 1:0 – 30 Tomiva, 1:1 – 53 Kolakovich.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Vohid Shodiyev, 83), Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Salim Mustafoyev, Jasur Azimov (Qadamboy Nurmetov, 50) (Fayzullo Qambarov, 83), Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva, Oleg Tolmasov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Sanjar Rashidov (Ayubxon Nomanov, 81), Jamshid Boltaboyev (Daniel Nasriddinov, 46), Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 89), San’at Shixov (Jasur Hasanov, 46), Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (Ivan Nagayev, 73), Shahboz Jo‘rabekov, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Tolmasov (32), Nagayev (78).

Chetlatish: Nagayev (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют