» » Superliga. “Qizilqum” restartdan keyingi ketma-ket 2-o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi

Superliga. “Qizilqum” restartdan keyingi ketma-ket 2-o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin 22-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Metallurg” jamoasi “Qizilqum” bilan o‘ynadi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Oybek Qilichev Navoiy klubini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Alisher Sanoyev jamoasining ikkinchi golini urdi.

Bunga bekobodliklar Ixtiyor Toshpo‘latovning so‘nggi daqiqalardagi goli orqali javob qaytardi.

Shu tariqa “Qizilqum” restartdan keyingi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ochkolarini 8 taga yetkazib olgan holda 12-o‘rinda bormoqda. “Metallurg” (16) esa 7-pog‘onani band etgan.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahsi

22-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 7 Qilichev, 0:2 – 15 Sanoyev, 1:2 – 90+4

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Doniyor Narzullayev (Abrorbek Toshqo‘ziyev, 71), Salamat Quttiboyev (Zohid Abdullayev, 76), Shahzod Ubaydullayev (Mahmudjon Qudratillayev, 83), Xudoyshukur Sattorov (Davron Anvarov, 46), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (To‘lqin Ergashev, 46), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Yevgeniy Chumak.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Humoyun Abdualimov, 86), Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev (Sunnatilla Abdullajonov, 36), Salim Mustafoyev, Jasur Azimov (Sherzod Qodirov, 74), Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva (Vohid Shodiyev, 86), Oleg Tolmasov.

Ogohlantirishlar: Quttiboyev (23), Kasminin (23), Tojiyev (63), Qilichev (86), Abdualimov (90).

11-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют