» » Madriddagi to‘rt mavsumda orttirilgan 17 jarohat. Garet Beyl jami 79 o‘yinda o‘ynamadi. Ko‘p emasmi?

Madriddagi to‘rt mavsumda orttirilgan 17 jarohat. Garet Beyl jami 79 o‘yinda o‘ynamadi. Ko‘p emasmi?


“Real” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi so‘nggi “El-Klasiko”ning birinchi bo‘limidayoq Garet Beyl shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi va o‘z o‘rnini boshqa bir futbolchiga bo‘shatib berdi.

Vaholanki u yaqindagina jarohatidan forig‘ bo‘lgandi. Endi esa yana o‘sha oq xalatlilarga muhtoj bo‘lib qoldi. “Sports.ru” nashri Beylning Madriddagi to‘rt mavsumi davomida 17 bor jarohat olganiga e’tiborini qaratdi. Sizningcha, bu juda ko‘p emasmi?

ESPN hammasini hisoblab borayotgandi. 17 jarohat va buning ortidan uelslik iqtidor “Real”ning 79 ta uchrashuvini qo‘yib yubordi. Pol Pogbaga qadar jahonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Beylni Flarentino Peres shu maqsadda “Qirollik klubi”ga taklif qilmagan bo‘lsa kerak, deyiladi maqolada.

Beyl besh yilgina avval “Tottenhem”ning chap qanot himoyasida o‘ynaydigan oddiy bir futbolchi edi. 2014-yilgi mavsum Chempionlar ligasining finalida g‘alaba golini urdi va endi uni butun dunyo tan ola boshladi, deb yozadi Daily Mirror. Hozir esa ketma-ket jarohatlar muammo Garetning bolaligidayoq boshlangandi degan qarashlarga sabab bo‘lmoqda.

2014/15-yilgi mavsumni Beyl fantastik tarzda o‘tkazdi va 48 o‘yinda 4200 daqiqa harakat qildi. O‘tgan mavsum futbolchining statistikasi shuning yarmiga teng bo‘ldi. Bu mavsum esa raqamlar yanada pasayib ketdi.

2016-yilning yanvarida va shu yilning noyabrida Beyl ikki jiddiy jarohat bilan nisbatan uzroqroq muddatga safdan chiqdi. Oyoqning boldir qismi jarohatlarning teng yarmini o‘zida mujassam etdi, shuningdek, son qismidagi muammolar ham tez-tez ko‘zga tashlandi. Demak, boldir baquvvat tana og‘irligidan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, bu Beylning eng og‘ir yillari emas. Haqiqiy muammo uning 16 yoshidayoq namoyon bo‘lgandi.

Bolaligimda juda kichkina edim. 15 yoshimdan esa juda tez o‘sishni boshladim. Buning oqibatida belimda qattiq og‘riqlar paydo bo‘la boshladi. Mening suyuklarim og‘irligimga nisbatan juda katta edi.

Garet Beyl, “Real” a’zosi

Beylni kashf qilgan skaut Rod Raddik ham futbolchi 15 yoshidan keyingi uch yilini qanday azoblarda o‘tkazgani haqida aytib bergandi. Beldagi og‘riqlar sabab Beyl ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. “Sautgempton” esa barchasiga sabr qildi. Murabbiylar Garet bilan shartomani uzaytirish shart emas deb hisoblashni ham boshlagandi. Ammo “Norvich”ga qarshi hal qiluvchi o‘yinda uelslik o‘zini faqat yaxshi tomondan ko‘rsatdi va ota-onasiga ham, murabbiylarga ham futbol uchun kerakligini isbotlay oldi.

Beyl “Tottenhem”da porladi. Bunda unga Harri Rednapp katta yordam bergandi.

Uning eng katta muammosi bora-bora zabardast o‘yinchiga aylanib olishida edi. Mashg‘ulotlar vaqtida u arzimagan to‘qnashuvlardan keyin ham yerga yotib olar, shifokorlar unga qarab chopardi. Vaqt o‘tib men doktorlarni yugurishdan to‘xtatdim: “Unga e’tibor qilmang, o‘zi ko‘tarilsin”. Shundan keyin Beyl kamroq yiqilishni boshladi.

Agar sen yaxshi futbolchi bo‘lsang, oyog‘ingga tinimsiz tepishlariga ko‘nikishing kerak. Bundan qutulishning yagona yo‘li — oyoqlarni kesib tashlash. Beylning qaddi-qomati birinchi variantga rozi bo‘lish imkonini berardi.

Vaqt o‘tib, Beyl shunday degandi: “Endi zarbalar menga og‘riq berayotganini bildirib qo‘yishni istamayman”.

Hozir Garet o‘sha og‘riqlarni ko‘rsatmaslikka intiladi. Shunday bo‘lsa-da, biz ichidan nimalar o‘tayotganini ko‘rib, bilib turamiz.

Harri Rednapp, angliyalik murabbiy

Beyl katta maqsadlar sari yo‘lda mayda narsalar bo‘lmaydi deb hisoblaydiganlar xilidan. U Ronalduning bosimiga dosh berish uchun o‘z vaqtida ruhshunos qabuliga ham yozilgandi. U hozir 27 yoshda va hammasi hali oldinda ekaniga ishonadi. Madrid klubi bir soniya ham kutishni istamasa-da, Beyl sabr bilan hammasiga bardosh berishi kerak.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют