» » Raul qo‘l ostidagi “Real” U-19 jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi

Raul qo‘l ostidagi “Real” U-19 jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi


Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Benfika” va “Real” jamoalari 25-avgust, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Birinchi bo‘limda madridliklar ikkita to‘p kiritgan holda taymni o‘z foydasiga hal qildi. 26-daqiqada Pablo Rodriges hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffus arafasida Enrike Joku o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda portugallar Gonsalu Ramushning ikkita goli bilan javob berdi. Shuningdek, “Real” safida Migel Gutyerres uchinchi golni urdi. “Benfika” yoshlari 68-daqiqada hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Tiago Dantas penaltini golga aylantira olmadi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Raul Gonsales boshchiligidagi jamoa yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi

Final bahsi

Gollar: 0:1 – 25 Delgado, 0:2 – 45, avtogol Enrike Joku, 1:2 – 49 Gonsalu Ramush, 1:3 – 50 Migel Gutyerres, 2:3 – 57 Gonsalu Ramush.

“Benfika” U-19: Kokubo, Joau Ferreyra, Tomash Arauju (Martim Netu, 90), Rodriges, Filipe Krush (Britu, 46), Enrike Joku (Kamara, 46), Dantash, Gonsalu Ramush, Embalo (Luish Lopesh, 63), Tiagu Arauju, Enrike Arauju.

“Real” U-19: Luis Lopes, Santos, Migel Gutyerres (Karrilyo, 66), Viktor Chust, Ramon, Dotor (Subyela, 73), Marvin (Sintes, 65), Arribas, Antonio Blanko, Morante (Peter, 73), Delgado (Xordi, 30).

Ogohlantirishlar: Ramon (22), Antonio Blanko (45), Embalo (62), Kokubo (75), Arribas (76), Britu (88), Karrilo (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют