» » “Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayrga shartli ravishda 21 oylik qamoq jazosi tayinlandi

“Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayrga shartli ravishda 21 oylik qamoq jazosi tayinlandi


“Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr Gretsiya sudi tomonidan 21 oy-u 10 kun muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Futbolchi tajovuzkorlik, haqorat, politsiya xodimiga hujum qilish va pora taklif qilish bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Maguayrning o‘zi bu ayblovlarni inkor etdi va apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

“Men bu masalada aybsiz ekanimga hozir ham ishonaman. Bu vaziyatda jabrdiyda — men, oilam va do‘stlarim”, — deydi Maguayr.

Bu ishlardan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Harri Sautgeyt himoyachini Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinlar uchun chaqirilgan o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi Gretsiyaning Mikonos orolida janjalga aralashib qolgani va keyinchalik politsiya xodimiga qo‘l ko‘targani uchun uchun hibsga olingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют