» » Mashhur ayollarga farzand dunyoga keltirgani uchun turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan eng qimmatbaho sovg‘alar

Mashhur ayollarga farzand dunyoga keltirgani uchun turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan eng qimmatbaho sovg‘alar


Ona bo‘lish har bir ayol uchun eng muhim voqealardan biri. Bunday vaqtda g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash va e’tibor har doimgidan ham muhim sanaladi. Mashhurlar farzand dunyoga keltirgani uchun ularning turmush o‘rtog‘i qanday minnatdorchilik bildirgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Mila Kunis — firuza ko‘zli uzuk

Eshton Kutcher, Demi Mur bilan munosabatlariga yakun yasaganidan keyin Mila Kunis bilan uchrasha boshlagan. Juftlik oila qurgan va 2014-yilda qizlari Uayett dunyoga kelgan. Birinchi farzandining tug‘ilgan kuni uchun Kunisning o‘zi dizayner Marina B’ga murojaat qilgan va u tomonidan firuza toshli tilla uzuk loyihalashtirilgan. Soni cheklangan kolleksiyadan o‘rin olgan uzuk individual buyurtma bo‘lmagan. 4800 dollarga sotilgan uzukdan tushgan mablag‘, Zambiyadagi tug‘ruqxonaga xayriya qilingan.

Merayya Keri — ism yozilgan brilliant marjon

2011-yilda xonanda egiz farzand dunyoga keltirgan, Turmush o‘rtog‘i Merayyaga nima sovg‘a qilishga boshi qotgan. Uning qimmatbaho narsalarni yaxshi ko‘rishini, lekin original taqinchoqlari ko‘pligini bilgan Nik Kennon fantaziya asosida yondashuv qilgan. Uning tanlovi qiz va o‘g‘lining ismi yozilgan oq va pushti brilliant marjonda to‘xtagan.

Kayli Jenner — Ferrari

Dunyoning eng milliarder ayoli Kayli va reper Trevis Skott 2018-yil 1-fevralda farzandli bo‘lgan. Juftlik tanishgani, sevgi tarixi, Kaylining homiladorligi aks etgan “Qizimizga ” deb nomlangan video bilan bo‘lishgan va rolik 73 milliondan ko‘proq tomosha qilingan. Trevis Keyliga minnatdorchilik sifatida 1,4 million dollarlik Ferrari La Ferrari mashinasini sovg‘a qilgan.

Nikol Kidman — Cartier uzugi

Nikol, Tom Kruz bilan 10 yillik munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin 2006-yilda Kit Urbanga turmushga chiqqan. Birinchi turmushida farzandli bo‘lolmagan Kidman, homiladorligi haqida xabar topganidan keyin suratga tushishni chetga surib o‘zini onalikka tayyorlagan. Qiz farzandi dunyoga kelganidan boshi osmonga yetgan Urban, rafiqasiga brilliant bilan bezatilgan tilla uzuk sovg‘a qilgan. Cartier Trinity’dan xarid qilingan 37 ming dollarlik uzukdagi oq oltin do‘stlikni, sariq sadoqat va pushti sevgini anglatgan.

Beyonse — ko‘k tanzanitli uzuk

Jay-Zi Va Beyonse uchun ko‘k rang ahamiyatli hisoblanadi. Reper 2001-yilda The Blueprint, 2002-yilda The Blueprint 2: The Gift & the Curse, 2009-yilda esa The Blueprint-3 albomini taqdim qilgan. Beyonse ham ko‘k rangni yaxshi ko‘rishini ta’kidlagan va shu sabab bo‘lsa kerak qiziga Blu Ayvi deb ism qo‘ygan. Jay-Zi rafiqasiga 35 ming dollarlik, katta ko‘k tanzitli, brilliant uzuk sovg‘a qilgan.

Jennifer Lopes — 2, 6 millionlik ayni damda boshqa odamga tegishli zirak

Jennifer va xonanda Mark Entoni 2006-yilda turmush qurgan va munosabatlar 5 yildan ko‘pga cho‘zilmagan. Ushbu turmushdan Lopes egiz farzand dunyoga keltirgan. Sovg‘a sifatida Entoni rafiqasiga 2,6 million dollarlik zirak olib kelgan. Ammo, ajrashganidan keyin Jennifer sobiq eri tomonidan sovg‘a qilingan barcha taqinchoqlar xususan zirakni ham sotib yuborgan.

Kim Kardashyan — Lorraine Schwartz brilliant marjon

Kim Kardashyan, Kanye Uest bilan turmush qurganidan keyin bir o‘g‘il va qiz dunyoga keltirgan. Eng kichik farzandi Chikagoni esa surrogat ona dunyoga keltirgan. 2015-yilda ikkinchi farzandiga homilador Kim Instagram sahifasida istaklari ro‘yxati bilan bo‘lishgan. Chaqaloq dunyoga kelganidan keyin esa reper, o‘sha ro‘yxatdagi eng qimmatbaho sovg‘a — Lorraine Schwartz brilliant marjonini keltirgan. Qizlari Seyntaning ismi naqsh qilib yozilgan taqinchoq 2016-yil Parijda o‘g‘irlab ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek shou-biznes vakillaridan xonanda va aktrisa Madina Mumtoz uchinchi farzandini dunyoga keltirganida unga Malibu, aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova qizli bo‘lganida esa Equinox avtomobilini sovg‘a qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют