» » Buxoroda karantin qoidalarini buzib, 150 kishilik to‘y qilgan fuqaroga qariyb 4,5 mln so‘m jarima belgilandi

Buxoroda karantin qoidalarini buzib, 150 kishilik to‘y qilgan fuqaroga qariyb 4,5 mln so‘m jarima belgilandi


Buxoro viloyatining Olot tumanida qiz uzatish marosimi karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazilganligi aniqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanalida xabar qilindi.

Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra karantin qoidalarini yumshatilishi bilan to‘y va marosimlarga ruxsat etilgan edi. Bunda mehmonlar soni 30 nafardan oshmasligi va marosimlar xonadonlarda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Olot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan o‘rganishlar jarayonida tumandagi xonadonlarning birida qiz uzatish marosimida 150 kishi ishtirok etgani aniqlangan.

Olot tumani IIB profilaktika inspektori Qandiyor Ro‘ziyevning aytishicha, bu bilan fuqaro amaldagi karantin talablarini buzib, kasallikning aholi orasida tarqalishiga sharoit yaratib bergan.

“Ertalab oila boshliqlaridan to‘yni karantin normalariga monand o‘tkazish bo‘yicha tilxat olingan. Kechki payt borib tekshirganimizda to‘yxonada 150 nafardan ortiq fuqaro bo‘lganligi sababli ma’muriy bayonnoma tuzildi”, – dedi inspektor.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun 39-moddasi – hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi – epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishning ikkinchi qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 4 million 460 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

To‘y egasi karantin qoidalarini boshqa buzmaslikka so‘z bergan.

Avvalroq “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda to‘y marosimlarini 30 kishilik tartibda o‘tkazilishini doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida belgilangan to‘ylarga 200 kishidan ortiq mehmon chaqirmaslik haqidagi qoidani “30 kishilik” deb o‘zgartirish taklif qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют