» » Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasining yonib ketishi oqibati ikki kishi halok bo‘lgan (video)

Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasining yonib ketishi oqibati ikki kishi halok bo‘lgan (video)


Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-avgust kuni soat 16:24 larda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 222,3-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Isuzu rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Yuk mashinasi 8 tonna qurilish xomashyosi, ya’ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma olib ketayotgan bo‘lgan.

“Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Qamchiq maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X.Bobonov boshchiligidagi shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in-qutqaruvchilarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent—O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют