» » Belarus Oliy sudi Tixanovskayaning saylov yakuni bo‘yicha bildirgan shikoyatini rad etdi

Belarus Oliy sudi Tixanovskayaning saylov yakuni bo‘yicha bildirgan shikoyatini rad etdi


Belarus Oliy sudi Svetlana Tixanovskayaning mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalariga nisbatan bildirgan shikoyatini rad qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.

“Shikoyat muhokama qilinmaydi va apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi”, — deyiladi sud xabarida. Tixanovskayaning advokatlari ushbu qaror yuzasidan yana shikoyat kiritmoqchi.

Tixanovskaya saylovlarda qayd etilgan natijani bekor qilish va ovozlarni qalbakilashtirish holati yuzasidan jinoiy ish ochishni so‘ragandi. Sud boshqa nomzodlar Anna Kanopatskaya va Andrey Dmitriyevning ham murojaatini rad qilgan.

Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolari Oliy sudning mazkur qarori sud himoyasini kafolatlaydigan konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlagan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifat tomonidan muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilishini hokimiyatni egallashga urinish deb baholagandi va “munosib choralar” ko‘rishi haqida ogohlantirgandi. Shundan so‘ng muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Avval MSK ham prezidentlik saylovlari yuzasidan nomzodlarning shikoyatlarini qaytargandi. Tixanovskayadan tashqari boshqa nomzodlar — Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya va Sergey Cherechen ham shikoyat kiritgan.

Belarusda MSK bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz olgan, Svetlana Tixanovskaya esa 10 foiz atrofida ovoz to‘plagan.

Saylovlar kuni oqshomda mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Minskda prezident saylovidan keyin xalqning norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va boshqa xorij davlatlarida namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют