» » Belarusda muxolifat muvofiqlashtiruvchi kengashining 2 a’zosi 10 sutkaga qamaldi

Belarusda muxolifat muvofiqlashtiruvchi kengashining 2 a’zosi 10 sutkaga qamaldi


Belarus muxolifati tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi a’zolari Olga Kovalkova va Sergey Dilevskiyga 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumining mazkur ikki a’zosi 24-avgust, dushanba kuni Minsk traktor zavodi joylashgan tumanda qo‘lga olingan.

Muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi a’zosi va Minsk traktor zavodining namoyishlar qo‘mitasi yetakchisi Sergey Dilevskiyga ruxsat etilmagan namoyishlar tashkil qilish moddasiga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, Dilevskiy Belarus milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarga chaqirish ishi bo‘yicha guvoh hisoblanadi. Mazkur ish muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganidan keyin qo‘zg‘atilgan. Dilevskiy va prezidiumning boshqa to‘rt nafar a’zosi so‘roqqa chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifat tomonidan muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilishini hokimiyatni egallashga urinish deb baholagandi va “munosib choralar” ko‘rishi haqida ogohlantirgandi. Shundan so‘ng muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют