» » MDH mamlakatlari Bosh prokurorlari Dushanbeda yig‘iladi

MDH mamlakatlari Bosh prokurorlari Dushanbeda yig‘iladi


Tojikiston poytaxti Dushanbeda 20-sentabr kuni MDHga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Asia-Plus.

Uchrashuv kun tartibi loyihasida 17 ta punkt o‘rin olgan.

Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari prokurorlik faoliyatining turli sohalaridagi tajribalar bilan bo‘lishadi, 2017-yildagi jinoyatchilik, terrorizm, narkotiklar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, tashqi chegaralarda chegaralar xavfsizligini mustahkamlash borasida qo‘shma hamkorlik dasturlarining bajarilishi yuzasidan natijalarni ko‘rib chiqmoqchi.

Bundan tashqari, kengash a’zolari korrupsiyaga qarshi kurashish, o‘z davlatidan tashqarida bo‘lgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish, xalqaro kelishuvlarning ijro etilishi bo‘yicha hamkorlikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi, Bosh prokurorlar muvofiqlashtiruvchi kengashining 2019—2023-yillar uchun ish rejasini tasdiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют